ZOMIN TUMANI “TURKMAN” QFY AHOLISINING QUVONCHI CHEKSIZ
Muhtaram Prezidentimiz tomonidan olis va chekka hududlarda aholi turmush tarzini yaxshilash, fuqarolarga yetarli shart-sharoitlar yaratish maqsadida “Obod qishloq” va “Obod mahalla” Davlat Dasturlarining bosqichma-bosqich ravishda amalga oshirilishini ta’minlash maqsadidagi Farmon va qarorlari asiosida qator hududlarda keng ko’lamli obodonlashtirish ishlari olib borilayapdi.
Natijada, bir qator aholi yashash punktlari infratuzilmasi, kommunikatsiya xizmatlari sohasida ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Hususan, tumanimizda ham mazkur Davlat Dasturlari asosida bir qancha mahalla va qishloqlarda bunyodkorlik, obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Yangi – 2023 yilda ham qator hududlar ushbu Dasturga kiritildi. Shu jumladan, “Turkman” mahalla fuqarolar yig’ini ahli ham mazkur quvonchli xabarni eshitib, nihoyatda shodlandilar.
Hududga tashrif buyurgan tuman hokimi Alisher Abdug’aniyev, hokim o’rinbodsarlari Sobir Parmonov, Sardor Anvarov, sector rahbari G’anisher Xudoyqulov va bir qator korxona va tashkilot rahbarlari shu munosabat bilan mahallaga tashrif buyurib, oqsoqollar, hudud faollari bilan uchrashdi. Uchrashuvda mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli va yoshlar yetakchisi hamda mahalla ahli bilan birinchi navbatda qanday ishlarni amalga oshirish, aholini qiynayotgan asosiy muammolar hususida fikr almashildi. Mazkur masala yuzasidan ishchi guruh tuzilib, o’rganish ishlari olib borildi.