ZOMIN TUMAN HOKIMI BILAN OCHIQ MULOQOT BOʻLIB OʻTDI
Joylarda 2022 yil davomida shakllantirilgan "Temir daftar", "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari" borasida amalga oshirilgan ishlar, koʻrilgan chora-tadbirlar, ajratilgan mablagʻlar, ularning maqsadli sarflanishi va yangi 2023 yilda ushbu daftarlarning yangitdan shakllantirilishi kabi masalalar yuzasidan Zomin tumani hokimi, 1-sektor rahbari Abduvaliyev Alisher Muhammadiyevichning aholi bilan ochiq muloqoti boʻlib oʻtdi.
Muloqot mobaynida tuman hokimi amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotini oʻqib eshittirdi, yangi yildagi rejalar bilan atroflicha tanishtirib oʻtdi.
Ochiq muloqotda sektor rahbarlari, tumandagi korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlari, xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, fuqarolar yigʻinlari faollari beshligi, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Ochiq muloqotda aholi tomonidan bildirilgan fikr va mulohazalar, takliflar, murojaatlar tinglanib, tegishli tavsiya va tushuntirishlar berildi.
Hal etilishi lozim boʻlgan masalalar yuzasidan yoʻnalishlar boʻyicha topshiriqlar berildi.
Zomin tumani hokimligi
Axborot xizmati