8 MART — XALQARO XOTIN-QIZLAR KUNI KENG NISHONLANDI
Bugun tumanimizning muhtasham “Osiyo” tantanalar saroyida 8 mart - xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tuman bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda tuman ijtimoiy-siyosiy, siyosiy-iqtisodiy hayotidagi barcha sohalarda xususan, davlat boshqaruvi va vakillik organlarida, ishlab chiqarish, tadbirkorlik, fermerlik, sog‘liqni saqlash, ta’lim, ma’rifat, madaniyat va boshqa sohalarda samarali mehnat olib borayotgan ayollarimiz, qizlarimiz, shuningdek, mehnat faxriylari ishtirok etishdi.
Tadbirning ochilishida tuman hokimi A.Abdug‘aniev so‘zga chiqib, ushbu qutlug‘ ayyomda hurmatli ayollarimizga eng samimiy va ezgu tilaklarimizni izhor etdi.
Zomin tumanida o‘zining samarali mehnati, tashabbuskorligi, boy amaliy tajribasi bilan yurtimizda olib borilayotgan tub islohotlar jarayonida faol qatnashib, Yangi O‘zbekistonni barpo etish, xalqimiz farovonligini yuksaltirish yo‘lida tashabbus va ibrat ko‘rsatib kelayotgan ayol-qizlarimizga gullar ulashildi.
Bayram dasturxoni ustida shirin diydor qurgan opa-singillarimiz viloyat markazi va poytaxtimizdan tashrif buyurgan el suygan sanʼatkorlarning goʻzal kuy-qoʻshiqlaridan bahramand boʻldilar.
Zomin tuman hokimligi
axborot xizmati