Telefonlar:
(0372) 392-12-12
(0372) 392-14-92
» » 9 mart kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

9 mart kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

09 март 2023 йил
190
0

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 9 mart kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kechasi va ertalab tuman tushishi kutilmoqda. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-7, kunduzi 17-19 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, ba’zi tumanlarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Kechasi 2-7, kunduzi  13-18 daraja iliq bo‘ladi.  

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, ba’zi  tumanlarda  chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.  

Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kechasi va ertalab ba’zi joylarda tuman tushishi kutilmoqda. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, ba’zi  tumanlarda  chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.  

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kechasi va ertalab ba’zi joylarda tuman tushishi kutilmoqda. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, ba’zi  tumanlarda  chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.  Kechasi 7-12, kunduzi 19-24 daraja iliq bo‘ladi.  

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, ba’zi  tumanlarda  chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.  Kechasi 5-10, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.  

Respublikamizning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘li tumanlarda yog‘ingarchilik bo‘ladi (yomg‘ir, qor yog‘adi). Qor ko‘chishi xavfi bor. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 1-6, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.  

Muhim hodisalar  

8-10 mart kunlari respublikamizning tog‘oldi va tog‘li tumanlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.  

8-10 mart kunlari respublikamizning tog‘li tumanlarida qor ko‘chishi xavfi bor.  

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Foydali havolalar