Zomin tumaniga O‘zbekiston kasaba uyushmalar Federatsiyasi Jizzax viloyat kengashi raisi, senator N.M.Pardaev tashrif buyurdi
O‘zbekiston kasaba uyushmalar Federatsiyasi Jizzax viloyat kengashi raisi, senator N. M. Pardaev tomonidan 2023 yil 17 yanvar kuni umumtalim maktablarining dars mashg‘ulotlarini boshlashga tayyorgarligi holati 3-22-25-42-39-umumtalim maktablari misolida o‘rganib chiqildi. O‘rganish davomida maktablarning umumiy holati, kuz-qish mavsumida va anomal ob-havo sharoitida amalga oshirilayotgan ishlar, maktablarning isitilishi, obodonlashtirish holatlariga alohida etibor qaratildi.
Shundan so‘ng joylarda o‘qituvchilar va o‘quvchilarning ota-onalari bilan Respublikamiz rahbariyatining hozirgi anomal sovuq kunlarda aholini elektr enargiyasi, issiqlik va gaz bilan taminlash borasida olib borayotgan ishlari to‘g‘risida o‘qituvchilar va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida davra suhbatlari o‘tkazildi. Ushbu davra suhbatlarida tuman hokimi o‘rinbosari S.Anvarov, 3-sektor rahbari F. To‘ychiev, 4-sektor rahbari G‘. Xudoyqulovlar ham ishtirok etdilar.
Suhbat yakunida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Jizzax viloyat kengashi tomonidan ichki turizmni rivojlantirish maqsadida tuman umumtalim maktablarida faoliyat olib borayotgan ilg‘or o‘qituvchi va xodimlarni rag‘batlantirish maqsadida Xorazm viloyatiga 35 dona sayohat uchun yo‘llanmalar taqdim etildi.
Zomin tumani xalq
talimi bo‘limi mudiri
A. Ergashev