Telefonlar:
(0372) 392-12-12
(0372) 392-14-92
» » Zomin tumani 2-sektor Nurlikent mahalla yoshlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Zomin tumani 2-sektor Nurlikent mahalla yoshlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

09 март 2023 йил
194
0

Barcha joylarda bo‘lgani kabi, Zomin tumani sektor rahbarlari tomonidan hududidagi mahallalarda yoshlar bilan uchrashish, ularni qiynab kelayotgan muammo va tashvishlarni eshitish hamda hal etish ishlari ustuvor vazifalardan biriga aylanib ulgurgan.

 Mana shunday natijador uchrashuvlardan biri bugun 54-sonli umumta’lim maktabida  bo‘lib o‘tdi. Tuman 2-sektor hududidagi Nurlikent MFY yoshlari bilan sektor rahbarining uchrashuvida tumandagi bir qator korxona va tashkilot rahbarlari, DXX xodimlari, tijorat banklari, mahalla faollari va yoshlar ishtirok etdi.

  Dastslab, uchrashuvda bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan islohatlar, yoshlar siyosati va kambag‘allikni qisqartirish, uyushmagan yoshlarning bandligini ta’minlash, tomorqadan unumli foydalanish, tadbirkorlik yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar borasida fikrlar bildirildi.

 Shundan so‘ng, yoshlarning bank krediti olish, o‘zini-o‘zi band qilish, quyonchilik, parrandachilik, nonvoychilik va boshqa maishiy xizmat turlari bo‘yicha servis xizmatlarini ko‘rsatish masalasidagi takliflari joyida o‘rganilib, tegishlicha hal etish yuzasidan tashkilot va korxona rahbarlariga topshiriqlar berildi.

  

Zomin tumani hokimligi

Axborot xizmati

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Foydali havolalar