Telefonlar:
(0372) 392-12-12
(0372) 392-14-92
» » Vazir oʻrinbosari Jizzax viloyati Zomin tumaniga tashrif buyurdi

Vazir oʻrinbosari Jizzax viloyati Zomin tumaniga tashrif buyurdi

04 апрель 2023 йил
258
0

2023-yilning 31-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari general-mayor B.Yu.Mirzaraximov Jizzax viloyati Zomin tumanida joylashgan «Zomin» turistik rekreatsion zonasiga tashrif buyurdi. Vazir oʻrinbosari viloyat IIB boshligʻi general-mayor Gʻ.T.Qodirov bilan mazkur turistik zonada amalga oshirilayotgan qurilish bunyodkorlik ishlari jumladan, zamonaviy turizm infratuzilmasi obyektlari, mehmonxona majmualari, madaniy sogʻlomlashtirish, savdo-koʻngilochar va turistik ahamiyatdagi obyektlarni, ushbu obyektlarda turistlar xavfsizligini ishonchli taʼminlash boʻyicha yaratilayotgan xavfsizlik choralarini oʻrgandi.

Shuningdek, general-mayor B.Yu.Mirzaraximov turistik zonada tashkil etilayotgan Jizzax viloyati IIB xavfsiz turizmni taʼminlash boʻlinmasi uchun qurilishi rejalashtirilayotgan maʼmuriy bino loyihasi bilan tanishib, turizm infratuzilma obyektlarida xavfsizlikni toʻliq taʼminlash maqsadida favqulodda holatlar, xavf xatarlar haqida toʻliq axborot bilan taʼminlash maqsadida ogohlantirishning samarali tizimlaridan foydalanish, hududning videokuzatuv tizimini sifatli joriy etish boʻyicha taklif va topshiriqlar berdi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Foydali havolalar