Telefonlar:
(0372) 392-12-12
(0372) 392-14-92
» » Fotoreportaj: Senat raisi Zomin tumanida bo‘ldi

Fotoreportaj: Senat raisi Zomin tumanida bo‘ldi

05 апрель 2023 йил
236
0

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Narbaeva Tanzila Zomin tumaniga tashrif buyurdi.Tashrif davomida avvalo tuman tashkilot va korxonalar rahbarlari, tuman kengashi deputatlari bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida avvalo mamlakatda aholining farovon turmushini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligi haqida so‘z ketdi. Shu bilan birga joriy yil 30 aprel kuni mamlakatimiz hayotida yuz beradigan referendum jarayonlari, unda xalqimizning faol ishtirok etishi yuzasidan suhbatlashdilar.

Jumladan, Zomin tumani Peshag'or MFYda beshlik, hokim yordamchisi, MFY raisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi hamda profilaktika inspektorining faoliyati yuzasidan berilgan axborotni yuqori baholadi.

Hokim yordamchisi Bobur Umurzoqov tomonidan mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy holatni xonadonbay o'rganish, jumladan, aholining bandlik darajasini, oilalarning daromad manbalarini, tomorqa yerlaridan foydalanish holatini hamda daromadli mehnatga bo'lgan intilishi, mahallada tadbirkorlikni rivojlantirishning ichki imkoniyatlari, tadbirkorlik bo'yicha ixtisoslashuv va mehnat resurslarini inobatga olgan holda, uni rivojlantirishga turtki beradigan omillar va yo'nalishlar belgilab olingani va bu borada erishilgan natijalar bo'yicha Senat raisiga so'zlab berdi.

Shundan so‘ng, Zomin tumanining Mustaqillik mahallasida mahalla xotin-qizlar faollari bilan uchrashdi.

   

Mazkur mahallada tashkil etilgan sumalak saylida ham ishtirok etdi. Tadbirda milliy qadriyatlarni o‘zida mujassam etuvchi milliy urf-odatlardan namunalar namoyish etildi.

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Foydali havolalar