Jizzaxda ham referendum uchastka komissiyalarining tarkibi tasdiqlandi
O‘zbekiston Respublikasi Referendumini o‘tkazuvchi 4-Jizzax okrug komissiyasining bo‘lib o‘tgan navbatdagi majlisida okrug komissiyasi a’zolari, tuman (shahar) hokimlarining jamoatchilik masalalari bo‘yicha maslahatchilari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Yig‘ilishni 4-Jizzax okrug komissiyasining raisi Shavkat Sharipov olib bordi. Unda okrug hududidagi referendum uchastka komissiyalarining tarkibini tasdiqlash haqidagi masala muhokama etildi.
Viloyatdagi Xalq deputatlari shahar va tuman Kengashlari tomonidan okrugga taqdim etilgan o‘z hududlaridagi referendum uchastkalari bo‘yicha komissiyalar tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Referendumini o‘tkazuvchi 4-Jizzax okrug komissiyasi a’zolari tomonidan qonunda belgilangan talablar bo‘yicha ko‘rib chiqildi va viloyat hududidagi 522 ta referendum uchastkasi bo‘yicha komissiyalar tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.