Telefonlar:
(0372) 392-12-12
(0372) 392-14-92
» » QONUNCHILIK TARG‘IBOTI TIBBIYOT SOHA VAKILLARI ISHTIROKIDA

QONUNCHILIK TARG‘IBOTI TIBBIYOT SOHA VAKILLARI ISHTIROKIDA

12 апрель 2023 йил
208
0

 

Joriy yilning 11 aprel kuni Zomin tuman tibbiyot birlashmasida shifokorlar va birlashma xodimlari bilan tumandagi jinoyat, fuqarolik va iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlar sudyalari tomonidan davra suhbati  o‘tkazildi.

Xususan, ushbu uchrashuvda jinoyat ishlari bo‘yicha Zomin tuman sudi raisi Sh.Shamshiev tomonidan yangilanayotgan Konstitutsiyada inson huquq va erkinlari kafolatlari takomillashayotganligi, shuningdek yurtimizda tibbiyot sohada faoliyat yuritayotgan vatandoshlarimizning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida ham kundan kunga yangi qonunlar qabul qilinayotganligi masalan, O‘zbekiston Respublikasining 2023 yil 27 martdagi “Tibbiyot xodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlik belgilanishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimchalar kiritish haqida” O‘RQ-827-sonli Qonun bilan kodeksga yangi norma, ya’ni kodeks 1977-modda bilan to‘ldirilib, endilikda tibbiyot xodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga to‘sqinlik qilish yoki shu maqsadda tibbiyot xodimiga qonunga xilof ravishda har qanday shaklda ta’sir o‘tkazish, - fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa - yetti baravaridan o‘n baravarigacha jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘lishi mumkinligini tushuntirib o‘tdi.

 

Shuningdek, uchrashuvda Zomin tumanlararo iqtisodiy sudi raisi Sh.Begmatov tomonidan yangilanayotgan Konstitutsiyada odil sudlov borasidagi yangiliklar, xususan aybdorlikka oid barcha shubhalar, agar ularni bartaraf etish imkoniyatlari tugagan bo‘lsa, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yoki mahkumning foydasiga hal qilinishi, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o‘zining aybsizligini isbotlashi shart emasligi, agar shaxsning o‘z aybini tan olganligi unga qarshi yagona dalil bo‘lsa, u aybdor deb topilishi yoki jazoga tortilishi mumkin emasligi, qolaversa, shaxsning sudlanganligi va bundan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar uning qarindoshlari huquqlarini cheklash uchun asos bo‘lishi mumkin emasligi va boshqa kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar haqida batafsil tushunchalar berib o‘tdi.

 

Bundan tashqari, fuqarolar ishlari bo‘yicha Zarbdor tumanlararo sudi raisi Dj.Esanov O‘zbekiston Respublikasining 2001 yil 30 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining Referendumi to‘g‘risida”gi Qonuni mazmuni bo‘yicha ma’ruza qilib, referendum - deganda bu fuqarolarning davlat va jamiyat hayotidagi eng muhim masalalarni ovoz berish yo‘li orqali hal etishi tushunilishi, referendum orqali Konstitutsiya, qonunlar qabul qilinishi, ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi, Parlament, Prezident, Hukumat faoliyati takomillashtirilishi mumkinligi, referendumning ayrim jihatlari bilan saylovga o‘xshashi mumkinligi, masalan komissiyalar, ovoz berish jarayoni, biroq saylovlarda nomzodlarni muayyan lavozimga masalan, deputat, senator, Prezident sifatida saylash uchun ovoz berilishi, referendumda esa nomzodlar bo‘lmasligi, muayyan masalani qo‘llab-quvvatlash yoki rad etish bo‘yicha ovoz berilishi, shuningdek qonunda ko‘rsatilgan boshqa masalalar yuzasidan qatnashchilarga huquqiy tushunchalar berib o‘tdi.

Davra suhbati savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi.

 

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha

Zomin tuman sudi raisi Sh.Shamshiev

 

Zomin tumanlararo iqtisodiy

sudi raisi Sh.Begmatov

 

Fuqarolar ishlari bo‘yicha

Zarbdor tumanlararo sudi raisi Dj.Esanov

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Foydali havolalar