Sayyor qabul: muammolar yechimiga yo‘l
Zomin tumani hokimligi kichik majlislar zalida tuman hokimi A.Abdug’aniyevning Qo‘rg‘on MFY aholisi bilan 2018 yilda buzilgan uy-joylari uchun yetkazilgan zarar miqdori kam hisoblanganligi va ularga qonunlarda berlgilangan yordamlar ko‘rsatish yuzasidan sayyor qabuli bo’lib o’tdi.
Unda viloyat Xalq qabulxonasi mudiri B.Uzoqov, tuman hokimi A.Abdug‘aniev, viloyat Adliya boshqarmasi boshlig‘i A.Ergashev, viloyat hokimligi Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i F.Abdulxakimov, viloyat IIB mas’ul xodimi, tuman hokimligi bosh hisobchisi E.Darvishev, bosh yuristkonsulti D.Xolmatov va aloqador tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi
Uchrashuvni tuman hokimi A.Abdug‘aniev ochib berib, 2018 yilda Qo‘rg‘on MFYda yashavchi jami 64 ta xonadonning uy-joylari buzilganligi va ularga o‘sha davrdagi qonun va qaror talablariga asossan yetkazilgan zarar miqdorlari to‘liq qoplab berilganligini ta’kidlab o‘tdilar.
Keyinchalik 2021 yilda fuqarolarning turar va noturar ob’ektlarini buzib olish va ularga yetkazilgan zarar miqdorlarini to‘lash tartib tamoillari tegishli o‘zgartirishlar kiritilganligi va shu qarorlar asosan 2018 yildagi buzilgan uy-joylarga nisbatan 2021 yilda buzilgan uy-joylarning kompensatsiya mablag‘larida ma’lum bir o‘zgarishlar bo‘lganligi yig‘ilish ishtirokchilariga aytib o‘tdilar. Shundan so‘ng, fuqarolarga so‘z navbati berildi va ularni qiynab kelayotgan muamolari tinglandi.
Uchrashuvda jami 24 nafar fuqaro ishtirok etdi, ularning 8 nafari murojaat qilib, o‘z muammolarini aytib o‘tidilar.
Mutasaddi rahbarlar tomonidan Qo‘rg‘onlik norozi kayfiyatdagi fuqarolarga birgalikda qayta baxolatish xujjatlarini tayyorlash, ekspertizadan o‘tkazish va tegishli tartibda sudga taqdim etish ishlarini imkon qadar 1 oy muddatda yakunlash aytildi.
Sud qarorining natijasiga qarab yetkazilgan zarar miqdorining farqi tegishli tartibda Respublika vazirlik va idoralaridan kompensatsiya mablag‘larini undirish bo‘yicha amaliy yordam so‘rash bo‘yicha fuqarolarga qaytadan huquqiy tushuntirish berildi va fuqarolar to‘g‘ri xulosalar olib ketishdi.
Zomin tumani hokimligi
Axborot xizmati