Zomin tumanida hokim yordamchilari tomonidan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan press-tur tashkil etildi
Ishtirokchilar dastlab Birlik mahalla fuqarolar yig‘inida Bir mahalla bir mahsulot tamoyili asosida tomorqa yer maydonida serdaromad mahsulotlar yetishtirish, o‘z tomorqa yer maydonida takroriy ekinlar ekish jarayoni bilan tanishdi. Mahallada drayver soha sifatida dehqonchilik va ishlab chiqarish yetakchilik qiladi. Ushbu mahallada istiqomat qiluvchi Husan Bozorov uy sharoitida oilaviy tadbirkorlik bilan shug‘ullanib, daromad topib kelmoqda.
Tadbirda Zomin tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikga ko‘maklashish Zomin tuman bo‘limi, Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, MFY raisi va mahalla oqsoqollari ishtirokida xududdagi xar bir xonadondagi tomorqa yer maydonidan samarali foydalanishni tashkil etish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini o‘z tomorqa yer maydonida yetishtirishda tomorqa yer maydonidan unumli foydalanish to‘g‘risida so‘z bordi.