RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan "Zominda savdogarlar Dehqon bozoridan koʻchirilishiga norozilik bildirmoqda" mazmunidagi xabarlar yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 11 noyabrdagi “2017-2019 yillarda Jizzax viloyatining Zomin tumanini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 902-sonli qarori 8-ilovasiga asosan “Zomin shaharchasi hududidagi Dehqon bozorida zamonaviy savdo majmuasini tashkil etish” vazifasi belgilab berilgan boʻlib, Mazkur topshiriq ijrosi bo‘yicha O‘zmilliybank AJ mablag‘lari hisobiga tumandagi eski “Zomin dehqon bozori” 2019 yilda buzilib yangi dehqon bozori qurilgan.
Hozirgi kunga kelib bozorning tamirtalab ahvolga kelib qolganligi sababli Zomin Dehqon bozorida 2023 yilning 11 may sanasidan boshlab taʼmirlash ishlari olib borilishi rejalashtirilgan.
Dehqon bozori maʼmuriyati tomonidan bu haqda barcha tadbirkor va sotuvchilar 1 oy oldin ogohlantirilib, ularga vaqtincha savdo qilishlari uchun yangi qurilgan Savdo markazi hududidan joy taklif etilgan.
Tuman hokimligi yoki bozor maʼmuriyati tomonidan goʻyoki, savdogarlarni yangi joyda savdo qilishga majburlamoqda, degan gaplar mutlaqo asossiz boʻlib, Savdo Markazidagi joylar hoxlovchilar uchun taklif sifatida tavsiya etilgan. Tijoratchi va savdogarlar istasa bozordagi taʼmir ishlari tugaguncha savdosini toʻxtatib turishi mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar bir tomonlama talqin qilingani va bir qator asossiz daʼvolar bildirilgani munosabati bilan, aholidan yolgʻon va asossiz xabarlar tarqatmasliklarini soʻrab qolamiz.