RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda Dashtobod shahri Ulug‘bek mahallasi “Do‘stlik” ko‘chasi 15-uy orqa tomonida aholi tomonidan maishiy chiqindilar tashlanib, “chiqindixona” tashkil qilib olingani haqidagi xabarlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:
Haqiqatdan ham yuqorida ko‘rsatilgan manzildagi t 15-uy orqa tomonida shu atrofda istiqomat qiluvchi aholi tomonidan chiqindixona tashkil qilib olinib, qonunga hilof ravishda turli maishiy chiqindilar tashlanayotgani munosabati bilan bizning mas’uliyati cheklangan jamiyati va mahalla faollari tomonidan mazkur manzildagi aholi bilan bir necha marotaba uchrashuvlar o‘tkazilgan. Tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib borilgan. Ammo shunga qaramasdan, noqonuniy chiqindixona tashkil qilinib, aholi tomonidan bu yerga chiqindilar tashlash davom ettirilgan.
Mazkur masala yuzasidan “EKO SFERA” MChJ Dashtobod bo‘limi tomonidan ishchi-xodimlar bilan borilib, texnika yordamida mazkur noqonuniy chiqindixonaga to‘planib qolgan chiqindilar olib tashlandi.
Tozalash ishlari dapvomida aholiga mazkur hududda yashovchi fuqarolarga tushuntirish ishlari olib borildi.
A.JO‘RAEV
“EKO SFERA” MChJ Dashtobod bo‘limi boshlig‘i.