Zomin tumanidan viloyat Konferensiyasiga delegatlar saylandi
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Zomin tuman Kengashining navbatdagi konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zLiDeP tuman Kengashi mas’ullari, partiya faollari, mahalliy Kengash deputatlari, BPTlarning umumiy yig‘ilishlarida saylangan delegatlar ishtirok etdilar. Kun tartibidagi asosiy masala-O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga bo‘lib o‘tadigan saylovlarda O‘zLiDeP Zomin tuman partiya tashkilotining ishtiroki va partiya faollari oldida turgan dolzarb vazifalar yuzasidan partiya tuman Kengashi raisi Abdurashid Ishnazarovning axboroti tinglandi. Konferensiya ishtirokchilari bo‘lajak muhim siyosiy tadbirni uyushqoqlik bilan yuqori saviyada o‘tkazishga puxta hozirlik ko‘rilishi zarurligini, saylov kompaniyasi davrida o‘tkaziladigan partiyaviy tadbirlar partiya elektorati vakillari, aholining turli qatlamlari, mahalla faollari, yoshlar va ayollar ishtirokida tashkil etilishi muhim ahamiyatga ega ekanligini aytib o‘tildi. Yurtdoshlarimiz saylov kunida to‘g‘ri tanlovni amalga oshirishlari uchun ham ular orasida targ‘ibot-tashviqot va tushuntirish ishlari talab darajasida o‘tkazilish ta’kidlandi.
Konferensiyada O‘zLiDeP Zomin tuman Kengashi a’zolari va O‘zLiDeP Zomin tuman Kengashi raisining o‘rinbosarlari tasdiqlandi.
Yig‘ilish so‘ngida Jizzax viloyat partiya tashkilotining XIII Konferensiyasiga delegatlar saylandi.