MIB tomonidan qarzdorliklar undirilmoqda
Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining Zomin tuman bo‘limi tomonidan elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’molidan bo‘lgan qarzdorliklarni undirish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, joriy yilning o‘tgan davrida mazkur toifadagi ijro hujjatlar ijrosini ta’minlash borasida olib borilgan ijro harakatlari davomida 468 ta ijro hujjati tamomlanib, 5,2 mlrd. so‘m miqdordagi qarzdorlik undirilgan.
Shuningdek, amalga oshirilgan ijro harakatlari davomida qarzdorlardan 130 mln. so‘mlik mol-mulklar qarzdorlik evaziga xatlovga olinib, shundan 55 mln. so‘mlik mulklar elektron-onlayn savdolarga chiqarilgan.
Bundan tashkari, 5 nafar qarzdorning 12 mln. so‘mlik miqdoridagi qarzdorlik summalari ularning ish haqlariga qaratilgan hamda hisob raqamlariga inkasso qo‘yilgan.
Misol uchun, Zomin tumanlararo iqtisodiy sudining ijro varaqasiga asosan, undiruvchi “Jizzax hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ foydasiga qarzdor “M.Sh.D” fermer xo‘jaligidan iste’mol qilingan elektr energiyasi to‘lovidan bo‘lgan 255,1 mln. so‘m asosiy qarzdorlikni undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘yicha Byuroning Zomin tumani bo‘limi tomonidan amalga oshirilgan majburiy ijro harakatlari natijasida qarzdorlik to‘liq undirildi.