Telefonlar:
(0372) 392-12-12
(0372) 392-14-92
» » Murojaat, muammo va yechim

Murojaat, muammo va yechim

29 май 2023 йил
189
0

2020 yildan fuqarolardan talab qilinishiga yo'l qo'yilmaydigan hujjatlar  ro'yxati

Mamlakatimizda inson manfaatlari oliy qadriyat darajasiga ko‘tarildi. Bugun barcha davlat idoralari faoliyatida aholining murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha sifat jihatidan mutlaqo yangi tizim yaratildi. Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonasi, Davlat organlari ishonch telefonlari hamda sayyor qabullar xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishda, shak-shubhasiz, kutilgan natijalarni bermoqda

Xususan, Majburiy ijro byurosi Zomin tuman bo‘limi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlarni, erkinliklarni va qonuniy manfaatlarni amalga oshirishda yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi murojaatlariga yechim topishga alohida nazoratga olingan.

Joriy yilning yanvar-aprel oylarida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 274 ta murojaat kelib tushib, shundan 243 tasi ko‘rib chiqilgan, xususan, 180 ta murojaat qanoatlantirilgan, 63 ta murojaatga huquqiy tushuntirish berilgan.

Murojaatlarni ko‘rib chiqish mobaynida 180 ta holatda jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari tiklandi.

Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Foydali havolalar