Doimiy komissiya yig’ilishi bo’lib o’tdi
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni Kengash kotibiyat mudiri M. G‘oibnazarov olib bordi. Yig‘ilishda deputatlar tomonidan navbatdagi sessiyada ko‘riladigan masalalar yuzasidan takliflar ko‘rib chiqildi.
Jumladan, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Zarbdor tumanlararo sudi raisi D.Esanovning 2023 yil birinchi yarim yilligi davomida odil sudlovni amalga oshirish borasida fuqarolik sudining faoliyati, Zomin tuman sektorlar xududidagi extiyojmand oilalarni qo‘llab quvvatlash, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va ”Yoshlar daftari”ga kiritilgan oilalardagi mexnatga layoqatli fuqarolar bandligini ta’minlash, ijtimoiy va moddiy qo‘llab quvvatlash borasida 2023 yil 6 oylik yakuni davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida, mahallalarda tarbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyati to‘g‘risida, Tuman prokuraturasi tomonidan 2023 yil 6 oyi davomida tumanda qonuniylikni mustahkamlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan, Tuman IIB boshlig‘i F.Y.To‘ychievning 3-sektor xududida 2023 yilning 6 oyi davomida extiyojmand oilalarni qo‘llab quvvatlash, “Yoshlar, Ayollar va Temir daftar”ga kiritilgan oilalardagi mexnatga layoqatli fuqarolar bandligini ta’minlash borasida amalga oshirgan ishlari to‘g‘risidagi masalalar yuzasidan muhokamalar bo‘lib o‘tdi.