RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda "ЗОМИН ХОКИМЛИГИДАГИ ЛАВОЗИМЛАРГА ходимлар ТАСОДИФАН ККЛИБ КОЛИШГАНМИ?" sarlavhasi ostida tarqalgan xabarlar yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.
Mazkur masalada ijtimoiy tarmoq faollari (blogerlar)ning murojaat yuzasidan oʻrganishlari biryoqlama boʻlgan.
Haqiqatdan ham Zomin tumani "Gʻallakor" qishloq fuqarolar yig'ini "Surxonobod" mahallasida istiqomat qiluvchi Muqimova Nargiza Omonovna yashab turgan uy ta'mirga muxtoj bo'lib, sektor rahbari va tegishli tashkilotlar tomonidan o'rganilganda mazkur xonadon nizoli vaziyatda ekanligi aniqlangan.
Sababi, mazkur imorat N. Muqimova hamda uning turmush o'rtog'i I. Ahmedovlarning o'zaro nikohlari davomida qurilgan bo'lib, oilaviy sabablar tufayli ajrim oqibatida hozirda mulk nizoli holatda bo'lib turibdi.
Sud hukmi e'lon qilingandan keyin ushbu imorat ta'mirlanishi ko'zda tutilgan.
Ta'kidlab o'tish joizki G‘allakor QFY Surxonobod qishlog‘ida yashovichi fuqaro Muqimova Nargizaning xonadonini o‘rganish natijasida 3 nafar farzandi bilan yashab kelayotganligi moddiy jihatdan sharoyiti og'irligi sababli 2022-yil temir daftarga kiritilib 2022-yilning 6-iyul kuni 2.500.000 (ikki yarim million) so‘m miqdorida yordam puli ajratilgan, mahalla tomonidan bir necha marotaba par ko‘rpa, oziq-ovqat mahsulotlari xamda xomiylar tomondan moddiy yordamlar ajratilib kelingan.
2023-yil 6-yanvar farzandi Xurramova Durdona Ilxom qizini yoshlar yetakchisi T.Vallamatov tavsiyasiga asosan asbob-uskuna va mehnat qurollarini xarid qilish uchun(subsidiyaga) tikuv mashinkasi Yoshlar jamg‘armasi mablag‘lari xisobidan ajratilgan.
Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan videomurojaatda ta'kidlangan "Zomin viloyati hokimi" degan jumlalar izoh talab bo'lib, Zomin viloyati amalda mavjud emasligini bildiramiz.
Keng omma uchun tayyorlanadigan video, audio va matnli murojaatlarda bunday xatoliklarning bo'lishi va murojaatni har tomonlama o'rganmasdan uni biryoqlama, ijtimoiy tarmoq faolining nuqtayi nazari bilan tarqatilishi Ommaviy axborot vositalari to'g'risidagi qonunda ko'rsatilgan qator moddalarning buzilishiga sabab bo'ladi.
Ushbu holat yuzasidan qo'shimcha malumotlar berib boriladi.