“Taraflar sayyor sudda yarashdi”
Jinoyat ishlari bo‘yicha Zomin tuman sudining navbatdagi sayyor sud majlisi Zomin tumani Chilonzor mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib o‘tdi.
Mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazilgan sayyor sud majlisida O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyat sodir etgan Z.O.ga nisbatan yuritilgan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. Sayyor sudda sudlanuvchi va jabrlanuvchining qonun vakili ko‘rsatuvlari hamda taraflarning fikri tinglanib, jabrlanuvchining qonuniy vakilining sudlanuvchiga nisbatan da’vosi yo‘qligi, sudlanuvchi tomonidan jabrlanuvchiga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararlar to‘liq qoplanganligi, taraflarning yarashuvi ularning hoxshi bilan bo‘layotganligi, jabrlanuvchining qonuniy vakiliga biron-bir tazyiq bo‘lmaganligi inobatga olinib, sudlanuvchi Z.O.ga nisbatan yuritilgan jinoyat ishi yarashilganligi munosabati bilan tugatildi. Jabrlanuvchining qonuniy vakiliga mazkur ish bo‘yicha ish yuritishni qayta tiklash to‘g‘risida iltimosnoma berish huquqi yo‘qolganligi tushuntirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 661-moddasiga ko‘ra “Jinoyat kodeksi 105-moddasining birinchi qismida (qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish), 106-moddasida (kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan badanga og‘ir yoki o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish),
107-moddasida (zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish), 108-moddasida (ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning zarur choralari chegarasidan chetga chiqib, badanga qasddan og‘ir shikast yetkazish), 109-moddasida (qasddan badanga yengil shikast yetkazish), 110-moddasining birinchi qismida (qiynash),
111-moddasida (ehtiyotsizlik orqasida badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazish), 113-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida (tanosil yoki OIV kasalligi/OITSni tarqatish), 115-moddasida (ayolni o‘z homilasini sun’iy ravishda tushirishga majburlash),
116-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida (kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik), 117-moddasining birinchi qismida (xavf ostida qoldirish), 121-moddasining birinchi qismida (shaxsni jinsiy aloqa qilishga majbur etish),
122-moddasida (voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash), 123-moddasida (ota-onani moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash), 125-moddasining birinchi qismida (farzandlikka olish sirini oshkor qilish), 1261-moddasining birinchi, ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlarida (oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik), 136-moddasida (ayolni erga tegishga majbur qilish yoki uning erga tegishiga to‘sqinlik qilish), 138-moddasining birinchi qismida (zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish), 139-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida (tuhmat),
140-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida (haqorat qilish),
1411-moddasining birinchi qismida (shaxsiy hayot daxlsizligini buzish), 1412-moddasining birinchi qismida (shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish), 143-moddasida (xat-yozishmalar, telefonda so‘zlashuv, telegraf xabarlari yoki boshqa xabarlarning sir saqlanishi tartibini buzish), 148-moddasida (mehnat qilish huquqini buzish),
149-moddasida (mualliflik yoki ixtirochilik huquqlarini buzish),
167-moddasining birinchi qismida (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 168-moddasining birinchi qismida (firibgarlik),
169-moddasining birinchi qismida (o‘g‘rilik), 170-moddasining birinchi qismida hamda ikkinchi qismining «b» va «v» bandlarida (aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan mulkiy zarar yetkazish),
172-moddasida (mulkni qo‘riqlashga vijdonsiz munosabatda bo‘lish),
173-moddasining birinchi qismida (mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish), 180-moddasida (soxta bankrotlik),
181-moddasida (bankrotlikni yashirish), 1852-moddasida (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish),
189-moddasida (savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish),
191-moddasida (qonunga xilof ravishda axborot to‘plash, uni oshkor qilish yoki undan foydalanish), 192-moddasida (raqobatchini obro‘sizlantirish), 229-moddasida (o‘zboshimchalik),
256-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida (tadqiqot faoliyatini amalga oshirishda xavfsizlik qoidalarini buzish),
257-moddasining birinchi qismida (mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish), 258-moddasining birinchi qismida (tog‘-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish),
259-moddasining birinchi qismida (yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish), 260-moddasining birinchi qismida (temir yo‘l, dengiz, daryo yoki havo transportining harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish), 266-moddasining birinchi qismida (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish), 268-moddasining birinchi qismida (transportning xavfsiz ishlashini ta’minlashga doir qoidalarni buzish), 277-moddasining birinchi qismida (bezorilik), 298-moddasining birinchi qismida (mashinalarni boshqarish yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzish) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs, agar u o‘z aybiga iqror bo‘lsa, jabrlanuvchi bilan yarashsa va yetkazilgan zararni bartaraf etsa, jinoiy javobgarlikdan ozod etilishi mumkin. Og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar yarashilganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilinmaydi”.