BIR NURONIY O‘N YОSHGA MASʼUL
Zomin tumani musiqa va san’at maktabi tantanalar zalida “Bir nuroniy o‘n yoshga masʼul” ko‘rik tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda, tumanda mavjud 39 ta mahallada faoliyat olib borayotgan Mahalla fuqarolar yig’inida faoliyat olib borayotgan muammoli yoshlarga biriktirilgan nuroniylar, keksalar maslaxat guruhi rahbarlari, Buvijonlar maktabi rahbarlari ishtirok etdilar.
Tanlovdan maqsad, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori asosida mahallalarda yoshlarga biriktirilgan nuroniylarning ijtimoiy faolligini oshirish va rag‘batlantirishdir.
Ushbu tanlovda 1 chi o’rin Birlik mfydan Qorabekova Nazokatga , 2 o’rin O’zbekiston mfydan Nazarova Matlubaga, 3 o’rin Xudoynazarov Tursunboylarga nasib etdi.
Tadbir so‘ngida esa, g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar diplom hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandi.