Telefonlar:
(0372) 392-12-12
(0372) 392-14-92
» » Zomin tuman huquqni muhofaza qiluvchi organlari muvofiqlashtiruvchi Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo'lib o'tdi

Zomin tuman huquqni muhofaza qiluvchi organlari muvofiqlashtiruvchi Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo'lib o'tdi

08 август 2023 йил
221
0

Zomin tuman prokuraturasi tomonidan Zomin tuman huquqni muhofaza qiluvchi organlari muvofiqlashtiruvchi Kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.

 

Bugungi kengaytirilgan kengash majlisida Zomin tumanida 2023 yilning o‘tgan davri davomida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar, bu borada kelgusidagi amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar muhokama qilindi.


Kengash majlisida tuman prokurori, tuman prokurorining o‘rinbosari, tuman hokimi o‘rinbosari, tuman IIB boshlig‘i va uning o‘rinbosarlari, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha tuman idoralararo komissiyasi a’zolari, barcha mahalla va qishloq fuqarolar yig‘inlari raislari, hokim yordamchilari, profilaktika inspektorlari, yoshlar yetakchilari hamda xotin-qizlar faollari va boshqa mas’ul idora vakillari ishtirok etdi.

 

Kun tartibidagi masalasi yuzasidan tuman prokurori o‘rinbosari Ilhom Bolbekovning ma’ruzasi tinglandi. Shundan so‘ng muhokama qismiga o‘tildi.  Muhokamada tuman IIB boshlig‘i Farxod To‘ychiev, tuman hokimining yoshlar va ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Sardor Anvarov, tuman hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Nigora Omonova, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi boshlig‘i Bekzod Shukurov va boshqa mutasaddi idora va tashkilot rahbarlarining masala yuzasidan tushuntirish va izohlari tinglandi.

 

Yig‘ilish yakunida muhokama qilingan masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilinib, mutasaddi rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.  

Zomin tumani hokimligi

Axborot xizmati

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Foydali havolalar