Inson shaxsiy hayotining daxlsizligi hamda ular huquqlarining kafolatlari
Mamalakatimizda rivojlanish bosqichida amalga oshirilgan bir nechta keng ko‘lamli qadamlardan biri bu – Yangi O‘zbekistonning Yangi tahrirda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahrirda qabul qilinshi bevosita 2023 yilning 30 aprelida o‘tkazilgan umumhalq referendumi bilan bog‘liq hisoblanadi. Bunda inson huquqlarining yanada e’zozlanganligini mazkur yangi tahririda qabul qilingan mamlakatimiz Konstitutsiyasining barcha moddalaridan bilib olishimiz mumkin. Bu borada inson huquqlari, ularning shaxsiy hayot daxlsizligi, mulk huquqi, siyosiy huquqlari va boshqa huquqlarini misol qilib keltirsak mubolag‘a bo‘lmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30-moddasiga nazar tashlaydigan bo‘lsak: Hech kim rasmiy e’lon qilinmagan qonun asosida hukm qilinishi, jazoga tortilishi, mol-mulkidan yoki biron-bir huquqidan mahrum etilishi mumkin emasligi belgilab qo‘yilgan. Shuningdek, hech kim ayni bir jinoyat uchun takroran hukm qilinishi mumkin emasligi ta’kidlab o‘tilgan.
Inson huquqlarining eng asosiylaridan biri bu—shaxsiy hayotning daxlsizligi hisoblanishi barchamizga ma’lum. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasida ham insonlarning shaxsiy hayot daxlsizligi haqida ta’kidlab o‘tilgan. Shuningdek, ushbu moddada Har kim yozishmalari, telefon orqali so‘zlashuvlari, pochta, elektron va boshqa xabarlari sir saqlanishi huquqi mavjudligi, ushbu huquqning cheklanishiga faqat qonunga muvofiq va sudning qaroriga asosan yo‘l qo‘yilishi belgilab qo‘yilgan.
Shu bilan birga, har kim o‘z shaxsiga doir ma’lumotlarning himoya qilinishi huquqiga, shuningdek noto‘g‘ri ma’lumotlarning tuzatilishini, o‘zi to‘g‘risida qonunga xilof yo‘l bilan to‘plangan yoki huquqiy asoslarga ega bo‘lmay qolgan ma’lumotlarning yo‘q qilinishini talab qilish huquqiga egaligi, har kim uy-joy daxlsizligi huquqiga egaligi, hech kim uy-joyga unda yashovchi shaxslarning xohishiga qarshi kirishi mumkin emasligi, uy-joyga kirishga, shuningdek unda olib qo‘yishni va ko‘zdan kechirishni o‘tkazishga faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda yo‘l qo‘yilishi, uy-joyda tintuv o‘tkazishga faqat qonunga muvofiq va sudning qaroriga asosan yo‘l qo‘yilishi haqida ham ushbu moddada belgilab o‘tilgan.
Zomin tumanlararo iqtisodiy sudi raisi
Sh.Begmatov