Telefonlar:
(0372) 392-12-12
(0372) 392-14-92
» » Zomin tumanida bo‘lib o‘tgan “Tashabbusli budjet” loyihasining 2023 yil 2-mavsum g‘oliblari

Zomin tumanida bo‘lib o‘tgan “Tashabbusli budjet” loyihasining 2023 yil 2-mavsum g‘oliblari

21 сентябрь 2023 йил
587
0

Tashabbusli budjet» jarayonining ikkinchi mavsumi boshlandi – O'zbekiston  yangiliklari – Gazeta.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi “Budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5072-sonli qaroriga asosan tumanda joriy yil 17 iyuldan 7 avgustga qadar openbudget.uz veb sayti orqali mavjud mahalliy muammolarni bartaraf etish maqsadida tumanda istiqomat qiluvchilar uchun ahamiyatga ega bo‘lgan jami 116 ta takliflar bildirildi. 7 avgustdan 27 avgustga qadar ushbu takliflarning barchasi moderatsiyadan o‘tkazilib natijada 96 ta tashabbus ovoz berish uchun qabul qilindi. 20 ta tashabbus turli xil sabablarga ko‘ra rad etildi. 27 avgustdan 16 sentyabga qadar 96 ta tashabbus ovoz berish jarayonida ishtirok etdi. Yakunda 5 ta tashabbus eng ko‘p ovoz to‘plab g‘olib bo‘ldi. Bular:

Ikkinchi mavsum g‘oliblari:

  1. Zomin tumani Beshkubi QFY Axitxona mahallasining qolgan 1.3 km qismini va Beshkubi qabristoniga olib boradigan ichki yo‘lni asfalt qilish. Qabriston oldiga avtoturargoh qurish. Jami 2.4 km - 4064 ta ovoz to‘plagan. 1 320,0 mln. so‘m mablag‘ ajratiladi.
  2. Zomin tumani Beshkubi QFY Sadaovul, O‘rtaovul, Buloqboshi, Ingichga, mahallalari ichki yo‘llarini 2.4 km asfalt qilish – 3846 ta ovoz to‘plagan. 1 320,0 mln. so‘m mablag‘ ajratiladi.
  3. Zomin tumani To‘rttom MFYdagi 70-maktabda zamonaviy quyosh panelli usti yopiq mini stadion qurish – 3743 ta ovoz to‘plagan. 1 100,0 mln. so‘m mablag‘ ajratiladi.
  4. Zomin tumani Gulshan qishlog‘ining Istiqbol (600m), Begoyim (600m), Savr (600m) hamda Chaman (600m) ko‘chalarini asfalt yo‘l qilish – 3678 ta ovoz to‘plagan. 1 320,0 mln. so‘m mablag‘ ajratiladi.
  5. Zomin tumani Nurlikent MFY ichki Nurlikent (900 m), Ziynat (700 m) va Jiydazor (600 m) ko‘chalarini jami 2.2 km qismini asfalt qilish – 3606 ta ovoz to‘plagan. 1 320,0 mln. so‘m mablag‘ ajratiladi.

Hozirgi kunda jamg‘armada 6 624 544 (olti milliard olti yuz yigirma to‘rt million besh yuz qirq to‘rt) ming so‘m mablag‘ mavjud.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Foydali havolalar