Telefonlar:
(0372) 392-12-12
(0372) 392-14-92
» » ZOMIN TUMANI “GULSHAN” QFY KO‘CHALARI YANADA CHAROG‘ON BO‘LADI

ZOMIN TUMANI “GULSHAN” QFY KO‘CHALARI YANADA CHAROG‘ON BO‘LADI

08 февраль 2023 йил
328
0

“Tashabbusli byudjet” doirasida ko‘pchilik ovoz olgan loyihalarning hayotga tadbiq etilishi, natijada, hududlardagi ko‘pgina muammolarning hal etilishiga barchaning birdek bosh qo‘shishi, hamjixatlik natijalari kishini quvontirmay qo‘ymaydi. Jumladan, “Gulshan” qishloq fuqarolar yig‘inida  2022 yil loyiha asosida asosiy ko‘chalarga tungi chiroqlar o‘rnatish bo‘yicha ko‘pchilik ovoz bilan g‘olib bo‘lgan masala amalga oshirilgan edi. Ayni vaqtda bu tashabbus aholi tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, ikkinchi bor ham g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Endi hududning qolgan qismida ham tunchiroqlar o‘rnatish ishlari qizg‘in davom etmoqda.

-Bu ishlarning amalga oshirilishidan aholimiz juda xursand, -deydi “Gulshan” qishloq fuqarolar yig‘ini raisi O‘tkir BOZOROV. – Fuqarolarimiz bu yilgi ovoz berish jarayonlarida ham faollik ko‘rsatish, yig‘indagi mavjud muammolarning loyihalar doirasida hal etilishiga munosib hissa qo‘shish niyatini bildirayaptilar. Bugun ko‘chalarimizning charog‘onligi, tungi vaqtlarda ham avtoulovlarning, ham piyodalarning harakatlanishi uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratilgani barchamizga qanot berdi.

Aytish joizki,  muammolarni tezroq hal qilish imkoni –  “Tashabbusli byudjet”  ovoz berish jarayonlariga yana start berildi. “Ochiq byudjet” (http://openbudget.uz/) portalida ijtimoiy infratuzilma muammolarini hal qilishga pul ajratish bo‘yicha takliflar 26 fevralgacha yig‘ilib, keyin ovozga qo‘yiladi. Prezident bu yil jamoatchilik takliflarini amalga oshirish uchun 3,5 barobar ko‘p – 8 trillion so‘m yo‘naltirishga topshiriq bergan.

Zomin tumani hokimligi

Axborot xizmati

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Foydali havolalar