ENG FAOL ISHTIROKCHILAR VA HAMKORLAR TAQDIRLANDI
Bugun kun davomida turli muassasa va jamoat birlashmalarida, taʼlim dargohlarida boʻlib oʻtgan "Biz bir boʻlsak - yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz!" gʻoyasi asosidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarning mantiqiy yakuni sifatida Yoshlar markazi faollar zalida tantanali taqdirlash marosimi tashkil etildi.
Mahalliy sanʼatkorlar, shoirlar va havaskor ijodkorlar chiqishlari bilan boshlangan tadbir mobaynida marafon doirasidagi tadbirlarda faol ishtirok etgan qatnashchilar hamda hamkorlarga Zomin tumani hokimligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʻlinmasi va Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimining tashakkurnomalar, esdalik sovgʻalari topshirildi.
Quvonarlisi, marafonning viloyat bosqichi yakunlari boʻlib oʻtgan Yunus Rajabiy nomli drama teatridagi tantanalarda Zomin "Sharq tongi" gazetasi ham alohida eʼtirof etilib, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Jizzax viloyat boʻlimi rahbari Iqboloy Umarova tomonidan Tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.