Телефонлар:
(0372) 392-12-12
(0372) 392-14-92
» » 3-dekabr xalqaro nogironlarning huquq va erkinliklarini himoya qilish kuni munosabati bilan bir gurux faollar Zomindagi "Muruvvat uyi"ga tashrif buyurdi

3-dekabr xalqaro nogironlarning huquq va erkinliklarini himoya qilish kuni munosabati bilan bir gurux faollar Zomindagi "Muruvvat uyi"ga tashrif buyurdi

03 декабрь 2023 йил
96
0

Maʼlumki, yurtimizda 3-dekabr - “Xalqaro nogironlar kuni” sifatida keng nishonlanadi va bundan koʻzlangan asosiy maqsad aqlan yoki jismonan imkoniyati cheklangan yurtdoshlarimizning huquq va erkinliklarini himoya qilish hamda ularni har taraflama qoʻllab-quvvatlashdan iboratdir.

 Shu kuni hasta, boquvchisini yo‘qotgan, yolg‘iz kishilar holidan habar olinadi.  Turli tadbirlar, hayriya marafonlari, konsertlar, badiiy ko‘rgazmalar tashkil etiladi.

 

   

“Muruvvat”, “Sahovat”, “Mehribonlik uylari”, maxsus maktab-internatlarda tadbirlar o‘tkaziladi. Shu kabi tumanimizda ham bugun qator tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

 Jumladan, Zomin tuman hokimi, bir gurux faollar, tumandagi muassasa va idoralar rahbarlari, yoshlar Yom qishlog‘idagi "Muruvvat uyi"ga tashrif buyurishdi.

    Tadbirda tuman hokimini A.Abdug’aniyev bugungi sana tarixi, uning ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tdilar. Xozirgi kunda, mazkur maskanda kapital ta’mirlash va joriy ta’mir ishlari yakunlanish arafasida bo‘lib, bu ishlarga qariyb 50 milliard so‘mga yaqin mablag‘lar yo‘naltirilishi ko‘zda tutilgan.

      Yig‘ilganlar "Muruvvat uyi"dagilar uchun atalgan sovg‘alarini taqdim etib, maskan mutasaddilari, hamshira va tibbiyotchilarga minnatdorchilik bildirishdi. Tadbirlar mahallalarda, jamoat tashkilotlarida davom etadi.  

 

Zomin tumani hokimligi

Axborot xizmati

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар