Телефонлар:
(0372) 392-12-12
(0372) 392-14-92
» » 3-dekabr - Xalqaro nogironlarni qoʻllab-quvvatlash kuni

3-dekabr - Xalqaro nogironlarni qoʻllab-quvvatlash kuni

02 декабрь 2023 йил
129
0

3 dekabr - Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Zomin tuman hokimligi, xamkor tashkilotlar va xomiylar ko‘magi bilan qator tadbirlar tashkil qilindi.

  Jumladan, erta tongdan bolalar va o’smirlar sport maktabida bir gurux o‘zgalar ko‘magiga muxtoj, 1 va 2 gurux nogironlari o‘rtasida sportning futbol, armrestling, shaxmat-shashka turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil qilindi. Marafon o‘tkazilib, g‘oliblar aniqlab olindi.

      Shundan so‘ng tuman markazidagi "Qo’rg’on" tantanalar majmuida g‘olib va sovrindorlarni taqdirlab, konsert dasturi namoyish etildi. Tantanalarni Zomin tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Zarif Omonqulov ochib berib, Xalqaro Nogironlar kuni munosabati bilan har yili an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan tadbirlar, o‘zgalar ko‘magiga muxtoj nogiron yurtdoshlarimizning xolidan xabar olish, ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, jamiyat faol hayotidagi ishtiroklarini ta’minlashning ahamiyati xaqida to‘xtalib o‘tdi.

Davlatimiz rahbari Shavkat Miromonovich Mirziyoev sana munosabati bilan mamlakatimiz xalqiga qilgan murojaatlarida: “Bugun, butun xalqimizga murojaat qilib, siz, aziz vatandoshlarimni bu yo‘nalishda boshlagan xayrli ishlarimizni faol davom ettirishga chaqiraman.”, deya chaqiriq bilan chiqqanlari bejizga emas, deya ta’kidladi tuman hokimi oʻrinbosari o‘z nutqida. - Darhaqiqat, bu mavzu yilda bir marta eslanadigan masala emas, doimiy e’tibor markazimizda turadigan va tizimli yechim talab qiladigan masaladir. Bu borada biz o‘z oldimizga qo‘ygan vazifalarimizni rejali amalga oshirish barobarida, keng jamoatchilik faollaridan ham tashabbuslar kutib qolamiz.
Shundan soʻng Zomin tuman hokimining tadbir ishtirokchilariga yoʻllagan tabrigi oʻqib eshittirildi.

 Tadbir davomida 1 va 2 gurux nogironlari o‘rtasida bo’lib o’tgan sportning futbol, armrestling, shaxmat-shashka turlari bo‘yicha musobaqa g’oliblariga esdalik sovg’alar va 4 nafar nogironligi bo’lgan fuqarolarga nogironlik aravachasi topshirildi.

       Bir piyola choy ustida diydorlashgan salomatligida nuqsoni bor hamyurtlarimiz tomonidan yurtimizda nogironlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rliklardan minnatdorchilik fikrlari tinglandi.

    Tuman hokimligi, "Nogironlar" jamiyati, "Nuroniy" jamgʻarmasi, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi, Bolalar va o’smirlar sport maktabi va qator tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan tadbirda mahalliy xonandalarning konsert dasturi namoyish etildi.

    Tantanalar davomida bir gurux nogironligi bor yurtdoshlarimizga tuman hokimligining maxsus sovg‘alari ulashildi. Tadbir barcha yig‘ilganlarga bir olam quvonch va ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Zomin tumani hokimligi

Axborot xizmati

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

TILGA EHTIROM - ELGA EHTIROM
21 октябрь 2023, Суббота
TILGA EHTIROM - ELGA EHTIROM
IJTIMOIY HIMOYA AMALDA
18 январь 2023, Среда
IJTIMOIY HIMOYA AMALDA
BO’SH VAQTING – HUSH VAQTING!
05 январь 2023, Четверг
BO’SH VAQTING – HUSH VAQTING!
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар