Telefonlar:
(0372) 392-12-12
(0372) 392-14-92
» » To‘lanmagan soliqlar davlat budjetiga ta’sir qiladi

To‘lanmagan soliqlar davlat budjetiga ta’sir qiladi

11 декабрь 2023 йил
142
0

Soliqlar ta’lim, kam ta’minlanganlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, huquq-tartibotni saqlash, mudofaa salohiyatini ta’minlash, infratuzilmani yaratish va rivojlantirishni moliyalashtirishning manbasi bo‘lib xizmat qiladi.

Soliq va boshqa majburiy to‘lov qarzdorlikning oshib ketishi davlat budjetiga hamda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy faoliyatiga salbiy ta’sir etadi. Soliqlarni undirish-eng qadimgi vazifalardan va davlatchilik mavjudligining asosiy shartlaridan biri hisoblamagan.

Majburiy ijro byurosi Zomin tuman bo‘limi tomonidan soliq qarzi bo‘yicha majburiyatga ega shaxsning soliq qarzdorligini undirish umumiy yurisdiksiya sudlari hamda soliq organi qarorlariga asosan amalga oshiriladi va bu borada samarali ishlar qilinmoqda.

Jumladan, joriy yilning o‘tgan davrida soliq to‘lovlar undiruviga oid jami ish yurituvdagi ijro hujjatlaridan 3147 ta  ijro hujjatlari tamomlanib, 45 mlrd. 760 mln. so‘mlik qarzdorliklari undirilgan bo‘lsa, qarzdorlarga tegishli 84 ta 2mlrd. 705 mln. so‘mlik mol-mulklari xatlovga olinib, shundan 55 ta,1 mlrd. 894 mln. so‘m mol-mulklar auksion savdolariga chiqarilgan.

Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Foydali havolalar