Telefonlar:
(0372) 392-12-12
(0372) 392-14-92
» » Kredit qarzlari majburiy undirilmoqda

Kredit qarzlari majburiy undirilmoqda

11 декабрь 2023 йил
163
0

Bank faoliyati O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida eng tez rivojlanayotgan tizimlardan biridir. Banklarning kredit resurslari muqaddam ajratilgan kredit qarzlarining tasdiqlangan grafik asosida qaytarilishiga bog‘liq. Shunday ekan, ma’lum maqsadlarda kredit olgan shaxslarning bu borada o‘z mas’uliyatlarini oshirishi, yana kimningdir kredit resurslaridan foydalanishiga imkon yaratadi.

Ma’lumki, bank kreditlari ko‘pchilik hollarda kafillik yoki garov evaziga beriladi. Agar kredit olgan shaxs bank oldidagi majburiyatlarini bajarmagan taqdirda sud tomonidan kredit qarzdorliklarini garovdagi mulkiga qaratish yoki qarzdor va kafil fuqarolardan solidir tartibda undirish to‘g‘risida ijro varaqasi chiqariladi.

Byuroning Zomin tuman bo‘limlari tomonidan kredit qarzdorliklarini undirish bo‘yicha ijro hujjatlarining ijrosini ta’minlash borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning o‘tgan davrida 1939 dan ortiq ijro hujjati bo‘yicha 135,4 mlrd. so‘m qarzdorlik bank foydasiga undirilgan.

Shuningdek, banklar foydasiga undiruvlar bilan bog‘liq ijro hujjatlari bo‘yicha jami 39 ta 12,4 mlrd. so‘mlik mol-mulklar xatlanib, 29 ta 9,5 mlrd. so‘mlik mulklar elektron onlayn-auksion savdosiga chiqarilgan.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Foydali havolalar