Telefonlar:
(0372) 392-12-12
(0372) 392-14-92
» » Zomin tumani aholisi muammolarini viloyat hokimi Ergash Saliyev tingladi

Zomin tumani aholisi muammolarini viloyat hokimi Ergash Saliyev tingladi

15 декабрь 2023 йил
233
0

Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev Zomin tumanidagi Dashtobod shahrida aholi muammolarini tingladi.

 Ommaviy qabulda sektor rahbarlari viloyat hokimi oʻrinbosarlari, Senator Nusratillo Pardayev, aholi muammolarini hal etish boʻyicha ishchi guruh aʼzolari,  hokim yordamchilari, mahalla raislari, viloyat hamda tumandagi tashkilot va muassasalar rahbarlari ishtirok etishdi.


 
Ommaviy sayyor qabulni Xalq qabulxonasi mudiri Bayrambek Uzoqov olib bordi.
    
Qabul avvalida tumandagi 10-nafar xotin –qizlarga tikuv mashinkalari va shuncha fuqaroga imtiyozli kreditlar sertifikati topshirildi.
  
Qabul guruhlarga boʻlingan holda viloyat hokimi Ergash Saliyev boshchiligida har bir guruhdagi mutasaddilar aholi muammolarini tingladi.
   
Ommaviy qabulda aholi tomonidan davolanish va dori-darmon, uy-joy taʼmiri va ijtimoiy masalalarda murojaatlar kelib tushdi.    

Sayyor qabul davomida 78 nafar fuqarolarning murojaatlari tinglanib, 23 nafarining masalalari joyida hal etildi.

  

Ushbu murojaatlarni qonun doirasida belgilangan muddatlarda oʻrganib ijobiy hal etish boʻyicha viloyat hokimining oʻrinbosarlari, viloyat tashkilotlari rahbarlari hamda tuman hokimiga vazifalar belgilab berildi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Foydali havolalar