MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLLARI FAOLIYATINI SAMARALI TASHKIL ETISH YUZASIDAN SEMINAR TRENING TASHKIL ETILDI
Zomin tumani hokimligining kichik majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlarning jamiyatdagi ro‘lini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi raisi Tanzila Norboyevaning 2023 yil 24-noyabrdagi Xotin- qizlarning jamiyatdagi ro‘lini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi majlisi 8-sonli bayonnomasining kun tartibidagi masalasi "Mahallalarda xotin-qizlar faoli ishini samarali tashkil etish hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha namunaviy tizim yaratish to‘g‘risida"gi belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tumandagi mahalla xotin-qizlar faollari uchun seminar trening tashkil etildi. Seminarda Oila va xotin qizlar qo‘mitasidan Jizzax viloyatga biriktirilgan vakil Nilufar Abdullayeva, Jizzax viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Nargiza Abdurahmonova, tuman hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin qizlar bo‘limi boshlig‘i Nigora Omonova tumandagi barcha 39 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar faollari va kichik ishchi gurux vakillari ishtirok etishdi.
Seminarda Jizzax viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Nargiza Abdurahmonova hamda tuman hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin qizlar bo‘limi boshlig‘i Nigora Omonova so‘zga chiqib, mahallalarda xotin-qizlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashda mutasaddi tashkilot va idoralar tamonidan amalga oshiriladigan vazifalar xaqida batafsil tushunchalar berishdi.
Seminar trening davomida tumandagi 4 - sektor hududidagi “Mustaqillik” mahalla fuqarolari yig‘ini xotin-qizlar faoli Allanazarova Matlyubaning faoliyati, oila institutini mustahkamlash va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mahallada amalga oshirilgan ishlari ommalashtirildi.
Seminar yakunida ishchi gurux vakillari bilan mahallalarda samarali ish olib borish ishlarni tashkil etish bo‘yicha rejalar tuzulib, vazifalar belgilab olindi.
Тавсия этамиз:
![Zomin tumanida oilaviy mehmon uylarini tashkil etish va boshqarish ko‘nikmalari bo‘yicha seminar-trening tashkil etildi](https://jizzax.uz/uploads/posts/2023-07/1689679576_2023-07-18_162552.jpg)
![Senat raisining Zomin tumani Qo'shtol va Peshag'or mahallalarida xalq bilan uchrashuvi...](https://telegra.ph/file/0feff5602efd93002d6e8.jpg)
![ZOMIN TUMANIDA “OQILA AYOLLAR” HARAKATI A`ZOLARI ISHTIROKIDA YIG`ILISH BO`LIB O`TDI](/uploads/posts/2023-02/medium/1677133136_photo_2023-02-23_11-16-33-2.jpg)