Telefonlar:
(0372) 392-12-12
(0372) 392-14-92
» » Zomin tumanida oilaviy mehmon uylarini tashkil etish va boshqarish ko‘nikmalari bo‘yicha seminar-trening tashkil etildi

Zomin tumanida oilaviy mehmon uylarini tashkil etish va boshqarish ko‘nikmalari bo‘yicha seminar-trening tashkil etildi

19 июль 2023 йил
246
0

Madaniyat va turizm vazirligi, O‘zbekiston Mehmon uylari va hostel egalari assotsiatsiyasi tomonidan “Mehmondo‘stlik akademiyasi” hamda Jizzax viloyati hokimligi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan moliyalashtirilgan “Oilaviy mehmon uylari – qishloq hududlarida ayollar va yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish vositasi” loyihasi doirasida joriy yil 15-16 iyul kunlari Jizzax viloyatining Zomin tumanida seminar-trening tashkil etildi.

Ushbu treningda “Duoba” MFYda istiqomat qiluvchi 35 nafar fuqarolar (xususan yoshlar va xotin-qizlar) uchun 2 kun davomida mutaxassislar tomonidan oilaviy mehmon uylari faoliyatini tashkil etish, yuritish, marketing, targ‘ibot qilish, turistlarni jalb etish, xizmat ko‘rsatish (servis jarayonlari, jumladan kutib olish, joylashtirish, xona xizmati, ovqatlantirish, sanitariya-gigiena talablari, muomala madaniyati va boshqalar), shuningdek boshqa tashkiliy-huquqiy masalalar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar berildi.

Shuningdek, ikkinchi kun yakunida seminar-trening doirasida mavjud mehmon uylari va oilaviy mehmon uylarini tashkil etish istagida bo‘lgan qiziquvchilar bilan davra suhbati tashkil etilib, unda birgalikda muammolar va kamchiliklar birgalikda muhokama qilindi va trenerlar tomonidan maslahatlar berildi.

Seminar-trening yakunida ishtirokchilarga malaka sertifikatlari topshirildi.

Mazkur seminar-treninglarni tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad, qishloq aholisi daromadlarini oshirish, qishloqlarda yangi ish o‘rinlarini yaratish, mahalla va qishloq aholisi orasida turizm madaniyatini shakllantirish va infratuzilma holatini yaxshilash pirovardida mahalliy aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan.

Ushbu yo‘nalishdagi tadbirlarni tizimli tashkil etish maqsadida avgust oyida Jizzax viloyatining Forish va Baxmal tumanlaridagi turizm salohiyati yuqori qishloqlarda ham kelgusida oilaviy mehmon uylari faoliyatini tashkil etishga qiziqishi yuqori bo‘lgan yoshlar va xotin-qizlarni keng jalb etgan holda, seminar-treninglar tashkil etiladi.

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Foydali havolalar