Yangi tashkil etilayotgan tizim to‘g‘risida seminar-trening tashkil etildi.
Bugun Zomin tumani xokimligi majlislar zalida Jizzax viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i F.Salaxiddinov tuman hokimi birinchi o‘rinbosari Z.Omonqulovlar ishtirokida tumandagi mahalla raislari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari hamda mas’ullar ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda yangi tashkil etilayotgan tizim bo‘yicha tushunchalar berildi. Tumandagi mahalla raislari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari va yoshlar yetakchilariga bajariladigan vazifalari belgilab berilib, ular bilan savol-javoblar o‘tkazildi.
Муҳокамага қўшилинг
Тавсия этамиз:
Изоҳлар (0)