Zomin tumani hokimligi mahallani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kengashning tashkiliy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Zomin tuman hokimligi majlislar zalida tuman hokimi Alisher Abdug’aniyev raisligida Zomin tuman kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish bo’limi, «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi Zomin tuman rahbari, tuman Nuroniylar jamg’armasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Zomin tuman bo‘limi rahbari va barcha mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari ishtirokida mahallani qoʻllab – quvvatlash kengashining tashkiliy yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Yig‘ilishni tuman hokimi Alisher Abdug’aniyev olib bordi.
Ta’kidlanginidek, Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoevning 2023 yil 21 dekabrdagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-209-sonli Farmoni hamda “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-402-son Qarori mamlakatimizda mahalla institutining nufuzini yanada oshirishda muhim poydevor bo‘ldi.
Xususan, ushbu Farmon va Qaror bilan mahallalarni qo‘llab-quvvatlashni yanada takomillashtirish, mahallabay ishlashga mas’ul bo‘lgan shaxslar faoliyatini samarali tashkil etish va ularning hamkorligini ta’minlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 127-moddasiga muvofiq mahallalar faoliyatini amalga oshirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ularga qonunda belgilangan vakolatlarini amalga oshirishda ko‘maklashishga qaratilgan tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni belgilab berildi.
Ularga ko‘ra, Respublika, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shaharlari, shuningdek tuman va shaharlarda Mahallani qo‘llab-quvvatlash kengashlarini tashkil etish va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlariga tegishincha respublika kengashi, hududiy kengashlarga jamoatchilik asosida raislik qilishlari belgilandi.
Shuningdek, Kengashning nufuzini oshirish maqsadida Qaror bilan Prezidentimizning tashkiliy-kadrlar masalalalari bo‘yicha maslahatchisi Mirzaev G‘ofurjon G‘anievich Respublika mahallani qo‘llab-quvvatlash kengashi raisining birinchi o‘rinbosari hamda “Mahalla yettiligi”ning respublika tashkilotlari rahbarlari kengash a’zolari etib belgilandi.
Shu bilan birgalikda, yangi va alohida tuzilma – O‘zbekiston mahallalari Uyushmasi va uning tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi.