Zomin tumanidagi barcha mahalla va qishloq fuqarolari yig'inlarida Vatanparvarlikni targ'ib qilishga qaratilgan ma'naviy-ma'rifiy, madaniy-musiqiy tadbirlar davom etmoqda!
2023-yil 22-dekabr kuni o‘tkazilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Kengashining yig‘ilishida xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirish, madaniy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yanada jonlantirish yuzasidan belgilab berilgan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida 17 yanvar kuni Yoshlar markazi binosida tashkil qilingan "Yangi hayot uchun, Yangi O'zbekiston uchun" shiori ostidagi madaniy-ma’rifiy, musiqiy tadbiri bo'lib o'tdi. Zomin tumani Axborot-kutubxona markazi hodimlari òzlarining kitob kòrgazmalari bilan ishtirok etishdi. Tadbirda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo'linmasi rahbari G'.Saydullayev, O'zbekiston Xalq demokratik partiyasi tuman Kengashi raisi, tuman Kengashi deputati, tuman Ma'rifat targ'ibotchilari jamiyati a'zosi R.Mamatqulov, hamda Zomin tumandagi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo'shinlariga qarashli harbiy qism kapitani O'.Sattorov tomonidan Yangi O‘zbekistonni bunyod etish yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar e’tirof etildi,
qadriyatlarimizni qadrlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, Vatanni sevish, uni asrash har bir shaxsning burchi ekanligini ta'kidlagan holda, yoshlarni turli yot g'oyalarga berilmasligi, mutaassib oqimlar ta'siridan ogoh bo'lishlari, ijtimoiy tarmoqlardan ezgu maqsad yo'lida foydalanishlari uchun ularning ma'naviy salohiyatini oshirishda jamiyatdagi har bir soha xodimlarining o'rni borligi yuzasidan fikrlar bayon qilindi.
Tadbir davomida "Temuriy izdoshlari" harbiy maktabining o'quvchi yoshlari ishtirokida namoyish etilgan harbiy jang san'ati aks etgan saxna ko'rinishlari hamda tuman Madaniyat bo'limi san'atkorlari tomonidan Vatanni madh etuvchi kuy-qo'shiqlar ishtirokchilarga ko'tarinki kayfiyat ulashdi.