Xalq deputatlari Zomin tumani Kengashi
Joriy yilning 26-yanvar kuni Zomin tuman hokimligi kichik majlislar zalida Xalq deputatlari Zomin tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiyalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig’ilishda Mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyati natijadorligi to‘g‘risida, Zomin tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi markazi tomonidan 2023 yil davomida bajarilgan ishlar to‘g‘risida,
Tuman hokimi A.Abdug’aniyevning 1-sektor hududida 2023 yil davomida ehtiyojmand oilalarni qo‘llab quvvatlash, “Yoshlar, Ayollar va Temir daftar”ga kiritilgan oilalardagi mehnatga layoqatli fuqarolar bandligini ta’minlash borasida amalga oshirgan ishlari to‘g‘risida,
Tuman IIB boshlig‘i v.v.b J.R.Shadmanovning 3-sektor hududida 2023 yil davomida ehtiyojmand oilalarni qo‘llab quvvatlash, “Yoshlar, Ayollar va Temir daftar”ga kiritilgan oilalardagi mehnatga layoqatli fuqarolar bandligini ta’minlash borasida amalga oshirgan ishlari to‘g‘risida,
tuman ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sh.Qosimovning tuman hududida jinoyatchilikka qarshi kurash, huquqbuzarliklarning oldini olish, korrupsion xolatlarga barham berish, jamoat tartibini saqlash hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan,
tuman DSI boshlig‘i G‘.Xudaykulovning 4-sektor hududida 2023 yil davomida ehtiyojmand oilalarni qo‘llab quvvatlash, “Yoshlar, Ayollar va Temir daftar”ga kiritilgan oilalardagi mehnatga layoqatli fuqarolar bandligini ta’minlash borasida amalga oshirgan ishlari to‘g‘risidagi navbatdagi sessiyada ko'riladigan masalalar ko’rib chiqildi.