Telefonlar:
(0372) 392-12-12
(0372) 392-14-92
» » Zominda aholini kichik va o'rta biznesga keng jalb qilish bo'yicha o'quv seminar bo'lib o'tdi

Zominda aholini kichik va o'rta biznesga keng jalb qilish bo'yicha o'quv seminar bo'lib o'tdi

27 январь 2024 йил
145
0

 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil  15-noyabrdagi "Aholini kichik va o'rta biznesga keng jalb qilishning qo'shimcha chora tadbirlari to'g'risida"gi PQ-366-sonli qarori, "Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi PQ-306-sonli hamda 2024-yil 9-yanvardagi "2024-yilda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish dasturi to‘g‘risida"gi PQ-7-sonli qarori mazmun mohiyatini aholi va tadbirkorlik subyektlariga yetkazish yuzasidan o'quv-seminar tashkil etildi.

   Seminarda tuman hokimining birinchi o'rinbosari Z.Omonqulov, tuman Iqtisodiyot va moliya bo'limi rahbari D.Mamatqulov, hokim yordamchilari, tadbirkorlik subyektlari, o'z biznesini boshlamoqchi bo'lgan aholi vakillari ishtirok etishdi.

  Tadbir davomida Respublikada faoliyat olib borayotgan bank tizimi vakillari va soha mutaxassislari tomonidan ushbu qarorlarning mazmun mohiyati tushuntirildi. Seminar savol-javoblar, taklif va mulohazalarga boy tarzda o'tdi.

  

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Foydali havolalar