Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka yaratilayotgan shart-sharoitlar
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik iqtisodiyotni rivojlantirish, aholi bandligi va daromadlarini oshirishda muhim omildir.
Xozirgi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar natijasida ularning soni toboro ko‘payib bormoqda. Zomin tumanida 2023 yil 1 iyul xolatiga ro‘yxatga olingan kichik biznes sub’ektlari soni 2199 tani (245 ta yangi tashkil etilgan) tashkil etib, shundan 1483 tasi o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yib o‘z bizneslarini yuritmoqda. Tadbirkorlik sub’ektlarining 36,8 % savdo va umumiy ovqatlanishni, 17,7 % qishloq xo‘jaligini, 16,5 % sanoat korxonalarini, 6,8 % qurilishi korxonalarini tashkil etmoqda. 2023 yil yanvar-iyun oylarida tumanimizda 245 ta yangi tadbirkorlik sub’ekt tashkil etilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 28 taga ko‘pdir.
Davlat statistika organlari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlariga qulay shart-sharoitlar yaratish, ulardan davlat statistika hisobotlarini qabul qilishni takomillashtirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining Farmon va Qarorlari, statistika sohasiga oid qonunchilik va me’yoriy-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini tadbirkorlik sub’ektlariga tushuntirish, mavjud muammolari to‘g‘risidagi murojaatlarini hal etish maqsadida “Ishonch telefon”lari ishini faollashtirish hamda tadbirkorlik sub’ektlari bilan keng ko‘lamli profilaktika ishlarini olib borish orqali ular faoliyatida sodir etilishi mumkin bo‘lgan tartib buzish holatlarini oldini olish maqsadida chora-tadbirlar belgilanib, amaliy ishlar olib borilmoqda. Jumladan, tadbirkorlik sub’ektlarini qiziqtirgan savol va murojaatlariga malakali javob va maslahatlar berilishini ta’minlash, tuman va shaharlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarda yuzaga kelgan muammolarni tezkor ravishda hal etish orqali tushuntirish ishlarini yanada yaxshilash maqsadida, Jizzax viloyat statistika boshqarmasida (tel: (72) 222-81-37 “Ishonch telefoni” tashkil etilgan.
Statistika bo‘limi