Jinoyat ishlari bo‘yicha Zomin tuman sudi raisi Sh.Shamshiev tomonidan maktab o‘quvchilari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Zomin tuman sudi raisi Sh.Shamshiev tomonidan 2024 yil 31 yanvar kuni Jizzax viloyat sudi, Jizzax viloyat ma’muriy sudi va Jizzax viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan “Yoshlarning huquqiy bilimi va madaniyatini oshirish, amaldagi va yangi qabul qilinayotgan qonun hujjatlarini jamoatchilikka tushuntirish bo‘yicha keng targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish maqsadida barcha sudyalarni o‘zlari biriktirilgan MFYlardagi maktablarga doimiy biriktirish, ularda mavjud huquqiy muammolarni o‘rganish va tizimli hal etish yuzasidan sayyor uchrashuvlar, ochiq muloqotlar o‘tkazish” rejasiga muvofiq Zomin tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli Zomin tumani “Navbahor” mahallasida joylashgan 15-sonli hamda Zomin tumani “Oqtepa” mahallasida joylashgan 37-sonli maktab o‘qituvchilari va o‘quvchi yoshlari bilan ochiq muloqot shaklida sayyor uchrashuv o‘tkazildi. Sud raisi Sh.Shamshiev tomonidan pedagog xodimlar va o‘quvchi yoshlarga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda so‘nggi kunlarda qabul qilingan qonunlarning mazmun-mohiyati haqida huquqiy ma’lumot berildi, shuningdek yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan huquqbuzarlik va jinoyatlar va ularning salbiy oqibatlari, ularni oldini olish, huquqbuzarlik va jinoyatlarni kelib chiqishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan tushuntirishlar berildi. Sud raisi tomonidan maktab o‘qituvchi pedagog xodimlari va o‘quvchi yoshlarning huquqiy mavzudagi o‘zlarini qiziqtirgan savollariga huquqiy tushuntirishlar berib o‘tilib, maktab o‘quvchilariga yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi tarqatildi.
Zomin tuman sudi