IFTORLIK DASTURXONI YOZILDI
Yurtimizda muborak Ramazon oyi davom etayotgan qutlug‘ kunlarda Zomin tumani hokimi Alisher Abdug’aniyev tashabbusi bilan tumandagi "Osiyo" tantanalar majmuasida bir guruh nuroniylar, uch avlod uchrashuv vakillari hamda ro‘zadorlarga bugungi Navro‘zi olam bayrami, “Mahalla tizimi xodimlari” kuni hamda Ramazon oyi munosabati bilan iftorlik dasturxoni yozildi.
Iftorlikda ishtirok etgan nuroniylar, ro‘zadorlar yurtimizga tinchlik-osoyishtalik, dehqonchiligimizga, chorvachiligimizga, xonadonlarimizga qut-baraka tilab, duoga qo‘l ochishdi.
Tadbirda so’zga chiqgan tuman hokimi A.Abdug’aniyev barcha faollarni qo‘shaloq bayram bilan muborakbod etib, mahallalar ravnaqi va farovonligi yo‘lida olib borayotgan kelgusi faoliyatlarida omad va kuch-g‘ayrat tiladi.
Tumanimizda oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini yangi bosqichga koʻtarish orqali fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish, inson qadrini ulugʻlashga qaratilgan ezgu tamoyil asosida mahallaning oʻrni va nufuzini yuksaltirish, yurtimizda keng koʻlamli islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash borasidagi katta xizmatlari, xalqimiz orasida oʻzaro hamjihatlikni mustahkamlash, koʻp asrlik anʼanalarimizni asrab-avaylash, maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash hamda oilalarda sogʻlom turmush tarzini targʻib etish, farzandlarimizni ona Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash ishlariga qoʻshgan munosib hissasi uchun bir guruh soha vakillari tuman hokimining esdalik sovg’alari va tashakkurno asi bilan taqdirlandi.
Tadbir doirasida tuman madaniyat bo‘limi ijodkorlari jamoasi tomonidan betakror kuy-qo‘shiqlar ijro etilib, yig‘ilganlarga bahoriy kayfiyat ulashdi.
Iftorlik so‘nggida Qur’on tilovat qilinib, tumanda o‘tgan marhumlar haqqiga duo qilindi. Yaratgandan yurtga tinchlik, halqimizga farovon hayot, tumanimizning barcha sohalariga fayzu-baraka so‘raldi.