Telefonlar:
(0372) 392-12-12
(0372) 392-14-92
» » QUR’ONI KARIMNING NOYOB NUSXASI ZOMINDAGI MASJIDGA TOPSHIRILDI

QUR’ONI KARIMNING NOYOB NUSXASI ZOMINDAGI MASJIDGA TOPSHIRILDI

17 апрель 2024 йил
193
0

Ma’lumki, muqaddas yurtimiz zaminida asrlar davomida ko‘plab mo‘tabar tarixiy, ilmiy va diniy manbalar saqlanib keladi. Islom olamida “Katta Langar Qur’oni” nomi bilan mashhur bo‘lgan, Qur’oni karimning eng mo‘tabar nusxalaridan biri hisoblangan noyob qadimiy qo‘lyozma shular jumlasidandir. Uning sahifalari, taqdir taqozosiga ko‘ra, Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida, shuningdek, Toshkent va Buxoro shaharlarida saqlanmoqda.

 Mazkur qo‘lyozmaning yurtimizga oid tarixi va taqdiri haqida qisqacha so‘z yuritadigan bo‘lsak, ular avvalo Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanidagi Katta Langar qishlog‘i bilan bog‘liq ekanini qayd etish zarur. Muqaddas kitob dastlab 1520 yilda qurilgan, xalq orasida “Langar ota ziyoratgohi” deb yuritiladigan maqbara  yaqinidagi masjidda saqlanib kelgan. Chorizm hukmronligi davrida esa Qur’on sahifalarining katta qismi Rossiyaga olib ketilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 1930 yillarda mahalliy ulamolar qatag‘on qilinishlaridan avval qo‘lyozmaning qolgan sahifalarini shu qishloqlik Abdulla ismli temirchi ustaga qoldirib ketishgan. Bu fidoyi inson kitob sahifalari sovet maxsus xizmati xodimlari qo‘liga tushmasligi uchun uni qishloqdoshlaridan  biri –  befarzand Qulfi momoning xonadoniga yashirib qo‘ygan. Keyinchalik qo‘lyozma sahifalari ancha vaqt katta langarlik To‘xta bobo Rajabovning uyida saqlangan. KGB xodimlari uzoq urinishlardan so‘ng 1983 yili turli tahdid va zug‘umlar bilan qo‘lyozmaning bir qismini olib ketadi. 1990 yillarda masjidda “Katta Langar Qur’oni”ning 12 ta sahifasi qolgani ma’lum bo‘ladi. Bugungi kunda mazkur sahifalar Toshkentda, O‘zbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasida saqlanmoqda. Ushbu qo‘lyozmaning yana bir sahifasi Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasida, ikki sahifasi Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro viloyat kutubxonasida, boshqa bir sahifasi esa O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanadi. Shu tariqa mazkur qo‘lyozmaning jami 97 sahifasi (81 tasi – Rossiya Fanlar akademiyasining Sankt-Peterburgdagi Sharq qo‘lyozmalari institutida, 16 tasi esa – O‘zbekistonda) saqlanmoqda. Mazkur kitobni tadqiq etgan rus sharqshunos olimi Yefim Rezvan ma’lumotiga ko‘ra, qo‘lyozmaning yaratilish tarixi VIII asrning oxirgi choragi – arab tili grammatikasi qoidalari shakllangan davrga to‘g‘ri keladi. Ushbu tadqiqotchi 1998 yilda mazkur qo‘lyozma haqida yirik xalqaro ilmiy jurnalda maqola e’lon qiladi. Oradan ko‘p o‘tmasdan, fransuz olimi F.Derosh Ye.Rezvan bilan bog‘lanib, qo‘lyozmaning boshqa sahifalari O‘zbekistonda saqlanishini ma’lum qiladi. Mamlakatimiz hukumatining sa’y-harakati bilan 1999 yilda Katta Langar Qur’onini o‘rganish bo‘yicha maxsus ilmiy ekspeditsiya tashkil etiladi. O‘zbek, rus, fransuz va boshqa xorijlik olimlardan iborat ekspeditsiya a’zolari izlanishlar davomida bir qator qiziqarli ma’lumotlarni aniqlashga erishadilar.

Qo‘lyozmaning Sankt-Peterburgda Sharq qo‘lyozmalari institutida Ye-20 inventar raqami bilan saqlanayotgan qismi 81 sahifadan iborat bo‘lib, matnlar arab xatining kufiy-hijoziy yozuvida sayqallangan teri – pergamentga bitilgan. Qo‘lyozmaning charm muqovasi XIV asrga tegishli bo‘lib, u XVII asr o‘rtalarida ta’mirlangan. Ushbu sahifalardan Qur’oni karimning 44 ta surasi oyatlari (shundan 22 tasi to‘liq) o‘rin olgan. Yozuvdagi farqlarga qaraganda, bu qo‘lyozma ikki nafar kotib tomonidan ko‘chirilgan.

Ekspeditsiya natijasida olimlar O‘zbekistonda va Rossiyada saqlanayotgan Qur’on sahifalari aynan bitta qo‘lyozmaga tegishli ekanini aniqlashdi. 2000 yilning may oyida rossiyalik va niderlandiyalik olimlarning izlanishlari natijasida, Groningen (Niderlandiya) universiteti Izotop tadqiqotlari markazida mazkur qo‘lyozma pergamentining namunalari zamonaviy texnikalar yordamida radiokarbon tahlilidan o‘tkazildi. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, 95,4 foiz aniqlikda ushbu qo‘lyozma milodiy 775-995 yillar oralig‘ida ko‘chirilgan bo‘lishi mumkinligi haqida xulosa berildi. Olimlar ushbu xulosaga tayanib, qo‘lyozma VIII asrning so‘nggi choragiga tegishli, degan to‘xtamga kelishgan. Bu xulosani fransuz sharqshunosi F.Derosh ham tasdiqlaydi. Keyingi yillarda Yurtboshimizning tashabbusi bilan barcha sohalarda bo‘lgani kabi diniy-ma’rifiy yo‘nalishdagi boy tarixiy merosimizni tiklash, xalqimizga yetkazish va targ‘ib etishga jiddiy ahamiyat berilmoqda va bu borada ko‘p ishlar qilinmoqda. Jumladan, mamlakatimiz bo‘yicha 900 ga yaqin masjidlar yangitdan bunyod etildi, qayta tiklandi va ta’mirlandi, Haj va Umra ziyoratlariga borish uchun imkoniyatlar keskin oshirildi, buyuk aziz avliyolarimizning qadamjolari har tomonlama obod qilindi. Shuningdek, Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Imom Moturidiy xalqaro ilmiy markazlari hamda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tashkil etildi. Diniy-ma’rifiy yo‘nalishdagi manbalar nashr qilinmoqda. Bu haqda so‘z yuritganda, Katta Langar Qur’onining mavjud sahifalari yaxlit kitob holida to‘planib, uning faksimele nusxasi Avstriya poytaxti Vena shahrida yuksak matbaa sifati bilan tayyorlanganini ta’kidlash lozim.

   O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning topshirig‘iga binoan, 17 aprel kuni Jizzax viloyatining Zomin tumanida ana shu noyob Qur’on nusxasini “Ma’rifatli” jome masjidiga topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

 

   Tadbirda mamlakatimizda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, bu boradagi boy merosimizni tiklash va targ‘ib etish, uni xalqimizga, kelajak avlodlarga bezavol yetkazish bo‘yicha so‘nggi paytda olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar, Katta Langar Qur’onining tarixiy, diniy va ilmiy ahamiyati haqida atroflicha so‘z yuritildi.

 Qur’oni karimning mazkur nusxasi “Ma’rifatli” jome masjidiga topshirildi. Jizzax viloyati bosh imom-xatibi M.Jabborov bu noyob sovg‘ani qabul qilib olar ekan, viloya mo‘min-musulmonlari nomidan davlatimiz rahbariga chuqur minnatdorlik bildirdi.

  Marosimda Prezident maslahatchilari X.Sultonov, M.Kamilov, Jizzax viloyati hokimi E.Saliev va boshqalar ishtirok etdilar.

    

O‘zA

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Odam savdosi hudud bilmas jinoyat
08 май 2023, Понедельник
Odam savdosi hudud bilmas jinoyat
Zomindan ilhom olganlar
24 март 2023, Пятница
Zomindan ilhom olganlar
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Foydali havolalar