Zomin milliy tabiat bogʻida oʻrmon yongʻinlarining oldini olish maqsadida qilinayotgan ishlar o‘rganildi
Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi FVV akademiyasi mutaxassislari bilan hamkorlikda Zomin milliy tabiat bogʻiga xizmat safari uyushtirildi.
Xizmat safari oʻrmon yongʻinlarining oldini olish tizimlarini yaratish boʻyicha ilmiy-tadqiqot tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini (ITTKI) amalga oshirish boʻyicha olib borilayotgan ishlarni oʻrganish maqsadida amalga oshirildi.
Safar davomida Zomin milliy tabiat bogʻida oʻrmon yongʻinlari sodir boʻlishi xavfini oldini olish, bogʻga kirishdan dam olib chiqib ketgunga qadar hududlarda yongʻin xavfsizligi choralarini koʻrish boʻyicha olib borilayotgan tadbirlar oʻrganildi. Shuningdek, yongʻin xavfsizligining oldini olish masalasida masʼul inspektorlar va FVV Yongʻin xavfsizligi xizmati xodimlarining favqulodda jangovor shayligi boʻyicha oʻquv amaliyoti oʻtkazildi.