Telefonlar:
(0372) 392-12-12
(0372) 392-14-92
» » Zomin tumanida don o‘rish kombaynlari mavsum oldidan sinovdan o‘tkazildi

Zomin tumanida don o‘rish kombaynlari mavsum oldidan sinovdan o‘tkazildi

17 май 2024 йил
114
0

 Zomin tumanida mirishkor dehqonlarimiz tomonidan 2024 yil g‘alla hosili uchun 4900 gektar suvli maydonlarda boshoqli don ekinlarini parvarish qilmoqda. Tumanda asosan o‘rtapishar bug‘doy navlari ekilgan. Ushbu navlar o‘z vaqtida o‘rib yig‘ishtirib olinmasa boshoqdagi don to‘kilib hosildorlik kamayishiga sabab bo‘ladi. Dehqonlar tomonidan bug‘doyni o‘z vaqtida o‘rib yig‘ishtirib olishda yaroqli don o‘rish kombaynlarining ishtirok etishi muhim omillardan biridir. Bobo dehqonlarimiz “Texnika dehqonning qanoti” deb bejiz aytishmagan. Shunday ekan dehqonlarimiz tomonidan yetishtiriladigan boshoqli don ekinlarini nes-nobud qilmasdan yig‘ib olish uchun soz holatdagi don o‘rish kombaynlari kerak.

G‘alla o‘rim-yig‘imi mavsumini uyushqoqlik bilan tashkil etish bo‘yicha tumanda tuzilgan ishchi gurux tomonidan mavjud don o‘rish kombaynlarining holati va Dashtobod don qabul qilish shaxbchasining tayyorgarligi yuzasidan seminar tashkil etildi. Seminarda don o‘rish kombaynlarining mavsumga tayyorgarligini qabul qilish bo‘yicha viloyat ishchi guruxi, tuman xokimligi, fermer xo‘jaliklari raislari, don o‘rish kombaynlari operatorlari, don qabul qilish shaxobchasi mutaxassislari va mavsumga mas’ullar ishtirok etdi.

Seminarda g‘alla o‘rim-yig‘im mavsumida ishtirok etadigan texnikalarning tayyorgarligi, don qabul qilish shaxobchasining don taxlili labaratoriyasining holati yuzasidan muhokama qilindi. Tumanda g‘alla o‘rim-yig‘im mavsumini uyushqoqlik bilan o‘tkazish uchun 8 ta otryadlar tashkil qilinib, otryad gurux rahbarlari seminar ishtirokchilariga tanishtirildi. Barcha turdagi texnikalar otryadlarga taqsimlandi. Har bir otryadga 1 tadan YoMM tashish avtomashinalari biriktirildi. Mavsumda 75 ta don tashish avtomashinalari va 4 ta hududga don o‘rish kombaynlarining nosozligini bartaraf etish bo‘yicha yengil avtomashinalar biriktirildi. Bundan tashqari o‘riladigan g‘alla maydonlarining o‘q ariqlarini o‘rish, ko‘mish, dranej va o‘pqonlarga bayroqlar qo‘yish, dala ko‘chma shiyponlarini tashkil etish, toza ichimlik suvi, issiq ovqat tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar belgilandi. Viloyat va tuman ishchi guruxi tomonidan belgilab berilgan topshiriqlar seminar ishtirokchilari tomonidan ma’qullandi.

Sh.K.Turdibekov

O‘zagroinspeksiyaning Zomin

tumani bo‘limi boshlig‘i

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Foydali havolalar