Telefonlar:
(0372) 392-12-12
(0372) 392-14-92
» » Jizzax viloyatda YaHM tarkibida sanoat tarmog‘ining ulushi ortgan

Jizzax viloyatda YaHM tarkibida sanoat tarmog‘ining ulushi ortgan

13 март 2023 йил
194
0

2017-2022 yillarda mamlakatimiz hududlari iqtisodiyotini sanoatlashtirishga katta e’tibor qaratildi.

PMTI ekspertlari tahlili ushbu davrda mamlakat sanoati jadal rivojlanganini ko‘rsatdi. 2017-2022 yillarda sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 134,2 foizga o‘sgan. Bu yalpi ichki mahsulotning o‘sishi (129,5 foiz) ga qaraganda yuqoriroq.  

Andijon, Namangan, Xorazm, Jizzax, Toshkent, Samarqand, Sirdaryo viloyatlari va Toshkent shahrida ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, investitsiya va tadbirkorlar faoliyatini rag‘batlantirish hisobiga sanoat tarmog‘ida hududlar kesimida yuqori o‘sishga (1,4-1,9 baravar) erishildi.  

Mahalliy resurslar va hududlar salohiyatidan samarali foydalanish maqsadida ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarishning zamonaviy shakllari  keng joriy etildi. Natijada 2022 yilga kelib, mamlakatimiz sanoat ishlab chiqarishda 2017-2022 yillarda tashkil etilgan 20 ta erkin iqtisodiy zonaning ulushi 4,9 foizga, 506 ta klasterning ulushi 5,2 foizga, 317 ta kichik sanoat zonasining ulushi 1,2 foizga yetdi.  

Xo‘sh, hududlar sanoatini transformatsiya va diversifikatsiya qilish borasida erishilgan natijalari qanday?  

Mamlakatning 10 ta viloyati (Andijon, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent, Xorazm viloyatlari)da YaHM tarkibida sanoat tarmog‘ining ulushi ortdi.  

Aksariyat hududlar (Andijon, Jizzax, Xorazm, Farg‘ona, Qashqadaryo, Namangan, Sirdaryo viloyatlari) dagi qayta ishlash sanoatida o‘rta-yuqori texnologiyali ishlab chiqarishning hissasi oshdi.  

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Namangan va Samarqand viloyatlarida ishlab chiqarish sanoati tarkibi yanada diversifikatsiyalashdi.  

Sanoatning rivojlanish darajasi past bo‘lgan Buxoro, Jizzax, Namangan, Xorazm viloyatlarida aholi jon boshiga sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi respublika miqyosidagi parametrga yaqinlashib, hududlararo nomutanosibliklar qisqardi.  

Umuman olganda, 2017-2022 yillarda mamlakatimizda amalga oshirilgan samarali islohotlar natijasida hududlarning sanoat salohiyati va raqobatbardoshligi oshdi. Xulosa sifatida aytish mumkinki, kelgusida hududlar sanoatini rivojlantirish istiqboli sifat o‘zgarishini ta’minlashdan iborat bo‘lishi lozim.  

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

ZOMIN TUMANI HOKIMINING QARORI
27 февраль 2023, Понедельник
ZOMIN TUMANI HOKIMINING QARORI
SUDLAR FAOLIYATINING  SAMARADORLIGI OSHIRILADI
23 февраль 2023, Четверг
SUDLAR FAOLIYATINING SAMARADORLIGI OSHIRILADI
Yangi O‘zbekiston va inson huquqlari
23 февраль 2023, Четверг
Yangi O‘zbekiston va inson huquqlari
SUD ISLOHOTLARI YANGI BOSQICHDA
26 январь 2023, Четверг
SUD ISLOHOTLARI YANGI BOSQICHDA
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Foydali havolalar