Telefonlar:
(0372) 392-12-12
(0372) 392-14-92
» » BOLALAR OMBUDSMANI QANDAY FAOLIYAT YURITADI

BOLALAR OMBUDSMANI QANDAY FAOLIYAT YURITADI

25 апрель 2024 йил
152
0

Oʻzbekistonda bolalar ombudsmani boʻladi | NORMA.UZ

2024 yil 29 fevraldan O‘RQ-917-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) to‘g‘risida”gi Qonun kuchga kirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) mansabdor shaxs bo‘lib, u davlat organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlar hamda mansabdor shaxslar tomonidan bola huquqlari to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan parlament nazoratini amalga oshiradi.

Bola huquqlari bo‘yicha vakil o‘z vakolatlarini mustaqil ravishda hamda davlat organlariga va ularning mansabdor shaxslariga tobe bo‘lmagan tarzda amalga oshiradi hamda o‘z faoliyati bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga hisobdordir. Bola huquqlari bo‘yicha vakil O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati tomonidan besh yil muddatga saylanadi.

Qonun bilan bola huquqlari bo‘yicha vakilning asosiy vazifalari, huquqlari va majburiyatlari belgilab qo‘yildi, jumladan:

- mansabdor shaxslarga bola huquqlari to‘g‘risidagi qonunchilikning buzilishiga yo‘l qo‘yilmasligi haqida ogohlantirishlar yuborish;

- davlat organlarining va boshqa tashkilotlarning rahbarlariga bola huquqlari to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishlari, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish haqida ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritish;

- harakatlari yoki harakatsizligi sababli bola huquqlari buzilganligi aniqlangan shaxslarni javobgarlikka tortish to‘g‘risida tegishli organlarga iltimosnomalar kiritish huquqiga ega.

Vakil har yili, hisobot yilidan keyingi yilning 15 fevralidan kechiktirmay Oliy Majlis palatalariga bola huquqlari to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilish holati haqida ma’ruza taqdim etadi.

Vakil bolaga nisbatan qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llashning oldini olish bo‘yicha choralar ko‘radi.

Bola huquqlari bo‘yicha vakil o‘zining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi vakilini tayinlaydi. U shuningdek, ariza, taklif va shikoyatlar shaklida kelib tushgan murojaatlarni ham o‘rganib chiqadi. Shikoyatlar O‘RQ-917-sonli Qonunda belgilangan tartibda, ariza va takliflar esa – “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.

 

Odil Yuldoshboevich Eagamberdiev

Fuqarolik ishlari bo‘yicha

Zarbdor tumanlararo sudi raisi

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Foydali havolalar