MAHALLA MUTASADDILARINING VAZIFALARI BELGILAB OLINDI
Zomin tumani 4-sektor rahbari, tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i G.Xudaykulov sektor hududidagi mahallalardan biri hisoblangan "Istiqlol" mahallasi 3-maktab binosida mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori bilan mahallada amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan suhbat o‘tkazdi.
Sektor rahbari suhbat davomida aholi muammolarini uyma-uy yurib “xonadonbay” o‘rganish va ularni manzilli hal etish choralarini ko‘rish, mahalladagi kam ta’minlangan, ehtiyojmand oilalar, "Temir daftar", "Ayollar daftari", "Yoshlar daftari"ga kiritilgan oilalarni doimiy qo‘llab-quvvatlash, mahalladagi mavjud ishsizlarning bandligini ularga subsidiya, kredit berish, tomorqadan unumli foydalanish orqali ta’minlash bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berib o‘tdi.