Telefonlar:
(0372) 392-12-12
(0372) 392-14-92
» » 11-yanvar - Xalqaro qo‘riqxonalar va milliy bog‘lar kuni

11-yanvar - Xalqaro qo‘riqxonalar va milliy bog‘lar kuni

11 январь 2024 йил
181
0

11-yanvar - Xalqaro qo‘riqxonalar va milliy bog‘lar kuni

  Shu  munosabat bilan Jizzax Davlat pedagogika universitetida  Jizzax viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi, Zomin milliy tabiat bog‘i, Zomin va Nurota davlat qo‘riqxonalari bilan hamkorlikda ko‘rgazmali seminar tashkil etildi.

 Seminarda JDPUning talaba, o‘qituvchi va ilmiy xodimlari, viloyat Ekologiya boshqarmasi, Zomin milliy tabiat bog‘i va qo‘riqxonalar xodimlari ishtirok etdi.

   Universitetning geografiya va iqtisodiy bilim asoslari kafedrasida o‘tkazilgan seminarda Zomin milliy tabiat bog‘i direktori o‘rinbosari H. Hazratulov, Zomin davlat qo‘rixonasi ilmiy bo‘lim mudiri Q. Turatov, kafedra mudiri M.Gʻo‘dalovlar so‘zga chiqib, mamlakatimizdagi mavjud muhofaza etiladigan tabiiy hududlar biologik xilma-xillikni saqlashning muhim markazlari hisoblanishi, qo‘riqxonalar va milliy bog‘lar xodimlarining vazifasi o‘simlik va hayvonlarning genetik fondini saqlash, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, muhofaza etiladigan hududlarning o‘simlik va hayvonot dunyosini brakonerlardan himoya qilish ekanligi, shuningdek, hududda turizm va ekoturizmni rivojlantirish istiqbollari hamda ushbu ekologik sanani o‘tkazishdan maqsad ona-tabiatni muhofaza qilishni kengroq targ‘ib etish ekanligi haqida gapirdilar.

  Seminarda muhofaza etiladigan hududlar faoliyatiga bag‘ishlangan filmlar namoyish etildi. Tabdir so‘nggida JDPUga hamkor tashkilotlarning esdalik sovg‘alari topshirildi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

“VATANPARVARLAR KARVONI” ZOMINDA
31 март 2023, Пятница
“VATANPARVARLAR KARVONI” ZOMINDA
Yangi O‘zbekiston va inson huquqlari
23 февраль 2023, Четверг
Yangi O‘zbekiston va inson huquqlari
Boʻri tabiat bagʻriga qoʻyib yuborildi
24 январь 2023, Вторник
Boʻri tabiat bagʻriga qoʻyib yuborildi
RASMIY MUNOSABAT
24 январь 2023, Вторник
RASMIY MUNOSABAT
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Foydali havolalar