Телефонлар:
(0372) 392-12-12
(0372) 392-14-92
» » Tadbirkorlik sub’ektlariga yaratilayotgan sharoitlar

Tadbirkorlik sub’ektlariga yaratilayotgan sharoitlar

30 май 2024 йил
67
0

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 16 iyuldagi “Statistika, soliq, moliyaiy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlari va ruxsat berish tartib-maomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4453-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash va elektron raqamli imzodan foydalangan xolda elektron shakldagi davlat statistika hisobotlarini taqdim etish uchun 2020 yildan boshlab statistika hisobotini qabul qilishning veb­texnologiyaga asoslangan avtomatlashtirilgan axborot tizimi (“e­Stat 4.0”) agentlik mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilib, ishga tushirildi. U hisobotlarni shakllantirish va taqdim etishda alohida dasturiy ta’minot o‘rnatishni talab etmaydi, yuborilgan ma’lumotlar holati avtomatik tarzda tekshiriladi.

2024 yil 1 may xolatiga Zomin tumanida korxona va tashkilotlar yagona davlat registri ma’lumotlariga ko‘ra ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar soni 4772 tani tashkil qilib, shundan 2663 tasi yoki 55,9 foizi faoliyat ko‘rsatmoqda. 2024 yil yanvar-may oylarida tumanda jami 153 ta yangi korxona va tashkilotlar ro‘yxatga olingan.

Demak shuni aytishimiz mumkinki tadbirkorlik sub’ektlari soni kundan kunga ko‘payishini xisobga olsak hisobotlarni taqdim etilish jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali ularning samaradorligi va ishonchliligini oshirish imkoniyati yaratildi hamda sarflanadigan qog‘oz sarfi 100 foiz, ma’lumotlarni to‘plash vaqti 2 barobar qisqardi.  

Hurmatli tadbirkorlar, davlat statistika hisobotlarini o‘z muddati taqdim etishingizni so‘rab qolamiz.

 

Tuman statistika bo‘limi

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар