Zominga Toshkent shahri Yashnabod tumani tadbirkorlaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi
Xabaringiz bor Zomin tumani hokimi Alisher Abdug’aniyev Toshkent shahri Yashnabod tumanidagi salohiyatli tadbirkorlar bilan uchrashib tumanda tadbirkorlik qilishga taklif qilgan edi.
Jizzax viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasining 2024 yil 28 iyundagi 04/1-2122-son topshirig‘iga asosan Toshkent shahri Yashnabod tumanidan salohiyatli tadbirkorlar Zomin tumaniga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida bir guruh tadbirkorlardan iborat delegatsiya tumanga investitsiya kiritish, yangi loyihalarni amalga oshirish va mavjud korxonalar bilan kooperatsiya aloqalarini yo‘lga qo‘yish maqsadida Zomin tumanidagi Paxtakor MFY hududida joylashgan "O‘zpaxtasanoat" AJ balansida bo‘lgan “Dashtobod paxta tozalash” AJning ishlab chiqarish va boshqa binolarini bo‘sh turgan binolar sifatida xamda Paxtakor MFY KSZ (8,9 gektar) yer maydonini, Zomin tumani markazining arxitektura qiyofasi, zamonaviy ob’ektlar va uy-joylar qurilishi, “Zomin turistik rekreatsion zonasi”da amalga oshiriladigan qurilish ishlari, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish chora-tadbirlari hamda turizm obuektlari va u yerdagi imkoniyatlar bilan tanishib hamkorlik yo‘lga qo‘yish takliflari ilgari surildi.